Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Milliard so‘mdan ziyod debitor qarzdorlik undirib berildi


   Milliard so‘mdan ziyod debitor qarzdorlik undirib berildi


Milliard so‘mdan ziyod debitor qarzdorlik undirib berildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” viloyat hududiy boshqarmasi davlat muassasasining ishonchli vakili B.O. Samarqand shahar adliya bo‘limiga murojaat qilib, “Toza hudud” davlat unitar korxonasidan debitor qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘ragan.

Aniqlanishicha, “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” viloyat hududiy boshqarmasi davlat muassasasi – ijrochi va viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasi — “buyurtmachi” o‘rtasida 2024-yilda “Xizmat ko‘rsatish (ishlarni bajarish) to‘g‘risida”gi bir nechta shartnomalar tuzilgan.

Shartnoma shartlarining 2.2-bandiga ko‘ra buyurtmachi shartnoma imzolangan paytdan boshlab har oyda shartnomaning 2.1-bandida ko‘rsatilgan narx asosida ijrochining hisob raqamiga bajarilgan ish dalolatnomasiga asosan pul ko‘chirish yo‘li bilan 100 foiz to‘lovlarni amalga oshirishi belgilangan.

Biroq buyurtmachi 2024-yil uchun shartnomalarga asosan ijrochi oldida 887 million 937 ming 448 so‘m qarzdorlikni vujudga keltirib, majburiyatini lozim darajada bajarmagan.

Shu bois, mazkur qarzdorlikni to‘lash uchun ijrochi buyurtmachiga 2025-yil 7-yanvarda talabnoma jo‘natgan bo‘lsa-da, talabnoma javobsiz qolgan. Vaholanki, Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga binoan majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.

Shuningdek, “Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf boshqa tarafga yetkazilgan zararni to‘lashi, qonunchilik hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘lishi belgilangan.

Bundan tashqari, buyurtmachi shartnomada kelishilgan muddatdan keyin 3 kun davomida hisob-kitoblarni amalga oshirmasa ijrochiga to‘lov kechiktirilgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to‘lashi va har bir kechiktirilgan kun uchun 0,1 foiz miqdorida penya to‘lashi belgilangan. Mazkur qoidaga asosan buyurtmachi ijrochiga joriy yil 1-aprel holatiga 112 million 905 ming 617 so‘m jarima to‘lashi kerak bo‘lsa-da, uni amalga oshirmagan.

Holat bo‘yicha “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” viloyat hududiy boshqarmasi davlat muassasasi manfaatini ko‘zlab iqtisodiy ishlar bo‘yicha Samarqand shahar sudiga shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovlarini javobgar - Samarqand viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasidan undirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritilib, 1 milliard 814 ming 221 so‘m debitor qarzdorlik undirib berildi.

D.MURODQULOV,

B.JO‘RAQULOV,

Samarqand shahar adliya bo‘limi xodimlari.