Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqiy targ‘ibot kuni: huquqiy yordam – har bir xonadonga


Huquqiy targ‘ibot kuni: huquqiy yordam – har bir xonadonga

Bugun Samarqand viloyatining bir qator tumanlarida Adliya bo‘limlari tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar huquqiy savodxonlikni oshirish, fuqarolarning huuqiy masalalariga yechim topish va sayyor davlat xizmatlarini taqdim etishga qaratildi.

????Nurobod: Mahallama-mahalla huquqiy yondashuv
“Mash’al” mahallasida o‘tkazilgan tadbirda Prezident qarorlari va qonunlar asosida aholiga tushuntirishlar berildi. Ajrim yoqasidagi hamda probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

????Jomboy: Ikkita mahallada bir maqsad
“Olmozor” va “Guliston” mahallalarida PQ-1, PQ-133, PQ-134 qarorlariga oid tushunchalar berildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvlarda sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.

????Bulung‘ur: Uyma-uy yurib, muammo izlandi
“Ergashakli” mahallasida xodimlar har bir xonadonga kirib, fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganishdi. Shuningdek, PF-80-sonli Farmon va PQ-1, PQ-103, PQ-133, PQ-134 qarorlari mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berildi. Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi ko‘rilayotgan choralar yuzasidan xabardor qilindi. .

????Kattakurgon: Muhtoj qatlam bilan bevosita muloqot
Tumanning "Zarqo‘rg‘on" mahallasida xonadonlarga kirilib, notinch oilalar vakillari, xotin-qizlar, nogironlar, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi. 5 ta murojaat qabul qilinib, 11 ta xizmat ko‘rsatildi.

????Payariq: Xavfsiz mahalla – huquqiy barqarorlik
“Burqut” mahallasida qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Fuqarolar bilan muloqotda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar muhokama qilindi.

????Paxtachi: muammoga joyida yechim
“Oqtepa” mahallasida o‘tkazilgan tadbirda Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati yetkazildi. Sayyor xizmatlar bilan bir qatorda, YXKM tomonidan probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxslar bilan alohida uchrashuv o‘tkazildi.

????Ishtixon: Adolat maktabdan boshlanadi  “Azamat” va “Dehqonobod” mahallalari fuqarolari uchun 9-maktab binosida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Prezident Farmonlari, Qarorlari, kam ta’minlangan oilalar, ayollar va boshqa ehtiyojmand toifalar uchun mavjud imtiyozlar yuzasidan huquqiy ma’lumotlar berildi.

????“Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari qonun ustuvorligi g‘oyasini har bir mahallaga olib kirishga xizmat qilmoqda. Sayyor xizmatlar, jonli muloqotlar va bevosita huquqiy yordam orqali fuqarolarning huquqiy savodxonligi  mustahkamlanib bormoqda.