Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

adliya kuni


Bugun Samarqand tuman adliya bo‘limi tomonidan “Sho‘rboyicha” mahallasida “Adliya kuni” tashkil etildi. Tadbirda mahalla aholisiga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar haqida tushuntirishlar berildi, targ‘ibot ishlari olib borildi.

⏳Shuningdek, fuqarolarning huquqiy muammolarini joyida hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil qilinib, unda aholi vakillari o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalar bo‘yicha bevosita huquqshunoslardan maslahat va amaliy yordam olishdi.

????Qabulda ishtirok etgan fuqaro Shukrullo Amrilloyev shunday dedi:
— Bir necha yillar avval oilaviy kelishmovchiliklar sabab 2021-yilda tug‘ilgan bolamning guvohnomasidan ayrilgandim. Shundan beri farzandimning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini rasmiylashtirolmay yurgandim. Bugun, shu tadbir orqali adliya xodimlari yordamida bolamning tug‘ilganlik guvohnomasini takroriy oldim. Bu men uchun katta yordam va qulaylik bo‘ldi.