Янгиликлар
11
Metodik yordam
"Metodik yordam" davom etmoqda.....
Adliya boshqarmasi va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Samarqand viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda yangi saylangan raislarning huquq va majburiyatlarini, qonunchilikda mavjud vakolatlarini tushuntirishga qaratilgan o'quv seminarlari davom etmoqda.
Ma'lumki, seminalarda mahallalarning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla raisi hamda “mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy vazifalari haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Xususan , bu galgi seminarda adliya mas'ul xodimi A.Kuylanov tomonidan yangi saylangan raislarga Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni hamda mahalla aholisi uchun energiya tejamkorligi va ulardan foydalanish samaradorligi hamda imtiyozlar haqida, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning oqibatlar va qilmish uchun jazo muqarrarligi (PQ-1, PQ-133 va VMQ-204-sonli qarorlar) masalalari yuzasidan huquqiy ko'rsatmalar berildi.