Янгиликлар
27
Hurmatli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!
Hurmatli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!
Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
So‘z va axborot erkinligini ta’minlash, jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni qaror toptirishda sizlarning hissangiz beqiyosdir. Sizlar xalqqa haqqoniy, tezkor va ishonchli axborot yetkazish orqali fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutyapsiz.
Adliya organlari va muassasalari nomidan sizlarga mustahkam sog‘liq, ijodiy yutuqlar, muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi