Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Otalikni belgilash uchun FHDYga borish shartmi?


#Huquq_time
Otalikni belgilash uchun FHDYga borish shartmi?

— Bolaga otalikni belgilash uchun shu paytgacha faqat FHDY organiga borib ariza berilardi. Shu xizmatdan foydalanish uchun onlayn ariza berish ham mumkinmi?
Sojida, Boshqo‘rg‘on

— Farzandingiz uchun otalikni rasmiylashtirish hech qachon bu qadar oson bo‘lmagan! Agar farzandingiz 10 yoshdan kichik bo‘lsa, my.gov.uz saytiga kirib, otalikni belgilash xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bunda ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari Face ID yoki MyID tizimi orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. 3 ish kuni ichida yangi haqida guvohnoma tayyor bo‘ladi. Fuqaro, hujjatni pochta orqali yetkazish xizmatidan ham foydalanishi mumkin. Faqatgina bu xizmatning xarajati arizachi zimmasida bo‘ladi, xolos.
Ekspert: Sindor Usmonov, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi xodimi