Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya aralashuvi bilan mehnat huquqi tiklandi


Adliya aralashuvi bilan mehnat huquqi tiklandi

Nurobod tumanida fuqarolarning huquqlarini tiklash bo‘yicha yana bir muhim ish yakun topdi. Fuqaro B.X. murojaati asosida tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudiga javobgarlar — 44-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Nurobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga nisbatan mehnat huquqlarini tiklash yuzasidan da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur da’vo fuqaro B.X.ning foydalanilmagan mehnat ta’tillari, kechiktirilgan to‘lovlar va ko‘rilgan ma’naviy zarar uchun kompensatsiya talabini o‘z ichiga olgan. O‘rganishlar jarayonida, u ish faoliyati davomida o‘z haq-huquqlaridan to‘liq foydalanmagani hamda to‘lovlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagani aniqlandi.

Sud tomonidan da’vo qisman qanoatlantirildi va javobgarlar zimmasiga B.X. foydasiga quyidagi miqdorlarda kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklandi:

14,7 million so‘m — foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun,

54,8 million so‘m — to‘lov kechiktirilgan kunlar uchun penya sifatida,

1 million so‘m — ma’naviy zarar uchun.

Shu tariqa, sud qarorlari orqali fuqaro B.X.ning mehnat huquqlari tiklandi. Mazkur ish yana bir bor qonun ustuvorligi va fuqarolarning huquqiy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishini namoyon etdi.

????Kanalga ulanish:????https://t.me/qonun_va_huquq