Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (405-son, 01.07.2025 y.) bilan “Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularning bandligini ta'minlash hamda mehnat qilishini qo'llab-quvvatlashni rag'batlantirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

???? Nizom nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlagan tadbirkorlar hamda xususiy bandlik agentliklariga quyidagi qo'llab quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilaydi:

???? bandlikka ko'maklashish subsidiyasi;

???? ish o'rinlariga moslashtirish subsidiyasi.

???? Nizomga ko'ra, "Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligiga ko'maklashish elektron reestri" axborot moduli yuritiladi.

???? Bandlikka ko'maklashish subsidiyasi quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga ajratiladi:

???? elektron reestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi bo'lgan shaxsni kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini ta'minlagan;

???? mazkur davrda unga har oyda mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda ish haqi to'lagan.

???? Ish o'rinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi ta'minlangan I va (yoki) II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln so'mgacha miqdorda ajratiladi.

???? Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:

▪️surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;
▪️psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;
▪️hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.

✍️ Tadbirkorlar ushbu subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron so'rovnomani to'ldirish orqali murojaat qiladi.