Янгиликлар
04
“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
#Adliya_xabari
“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.
Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining koʻmagi bilan “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov bugun Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.
O'zbek milliy taomlarini tayyorlanish jarayoni va ovqatlanish madaniyati juda uzoq tarixga ega va o'zbek xalqning ko'p yillik tajribasiga asoslanadi. Urf-odat va an'analar hududning iqlim sharoitidan va mahalliy aholining turmush tarzidan kelib chiqqan holda shakllangan. Har bir hudud aholisi milliy taomlar tayyorlash borasida o'z uslubiga ega. Samarqand no'xat shoʻragining oziga xos tomonlarining yana biri taomda pishirilgan go'shtlar va ilik aralashmasi, go'shtlar qaynatilgan sho'rvalar aralashmasi va 1-2 soat davomida xona haroratida quritilgan Samarqand nonining ishlatilishi va natijada ta'mlarning umumiy gammasiga erishishdir.