Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

"Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati"


???? "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasi
doirasida Bulung'ur tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasida navbatdagi huquqiy seminar tashkil etildi.

????Seminarda adliya organlari tomonidan aksiyaning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik me’yorlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, ish haqi to‘lovlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, mehnat ta’tili huquqi va boshqa muhim jihatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

????Tadbirda soha vakillari mehnat qonunchiligini amaliyotda qo‘llashdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Ularning tajribasi asosida qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tinglandi.

????Mazkur huquqiy aksiya aholining mehnat sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirish va xodimlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulanish:????https://t.me/qonun_va_huquq