Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Samarqandda davlat xizmatlari sohasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi


#Adliya_xabari

Samarqandda davlat xizmatlari sohasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan joriy yil 30-iyundan 4-iyulgacha viloyatdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarda tizimli tahlil ishlari olib borildi. Shu munosabat bilan bugun Samarqand viloyati adliya boshqarmasida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi mas’ullari va boshqarma rahbariyati, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga vakolatli davlat idoralari va organlari vakillari hamda tegishli mutaxassislar ishtirok etdi.

Unda asosiy e’tibor vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘lgan nomuvofiqliklar hamda ularning yechimlarini aniqlash masalalariga qaratildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur tadbir davlat xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolar uchun yanada qulay, shaffof va samarali mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi. Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan joylardagi aniq holatlar o‘rganildi, muammolar tinglandi va tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Shu kabi ochiq muloqotlar orqali davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, huquqiy jihatdan mustahkam va aholi ehtiyojlariga mos tizimni yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlar izchil davom ettiriladi.

Kanalga ulanish:????https://t.me/qonun_va_huquq