Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

134 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi


134 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi
Paxtachi tuman adliya bo‘limiga Bo‘ston mahallasida yashovchi fuqaro Z.M. rahbarligidagi “B.O.Q.” (qisqartirildi) MCHJ va Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha yuzaga kelgan nizo yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda shartnomada ko‘zda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilganiga qaramay, tegishli to‘lovlar amalga oshirilmaganligi ko‘rsatilgan.
????Tekshiruvlar davomida haqiqatdan ham birlashma shartnoma asosidagi majburiyatlarni to‘liq bajarmaganligi aniqlandi. Adliya bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi kiritilib, natijada sud qaroriga asosan jami 134 446 576 so‘m pul mablag‘lari tadbirkor foydasiga undirib berildi.

????Mazkur holat tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga amaliy yordam ko‘rsatishdagi navbatdagi samarali ishdir. Tuman adliya bo‘limi kelgusida ham aholi va tadbirkorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish borasida chora-tadbirlarni izchil amalga oshirib boradi.