Янгиликлар
15
Bulung‘urda navbatdagi hayot maktabi darsi bo‘lib o‘tdi
Bulung‘urda navbatdagi hayot maktabi darsi bo‘lib o‘tdi
“Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” nomli o‘quv mashg‘ulotining navbatdagi bosqichi tuman FHDY bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy-ma’naviy mas’ullar hamkorligida tashkil etildi.
Davra suhbati chog‘ida mas’ullar yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Ular oila — bu nafaqat ikki insonning birlashuvi, balki katta mas’uliyat, sabr va o‘zaro hurmat ustiga qurilgan mustahkam qal’a ekani haqida so‘z yuritishdi. Mustaqil oila hayotiga qadam qo‘yayotgan yoshlarni shu yo‘lga ongli va mas’uliyat bilan kirib kelishlari, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikdan yiroq bo‘lishlari haqida tushunchalar berildi.
Bunday o‘quvlar hayotga poydevor qo‘yayotgan yoshlarga nafaqat bilim, balki saboq, ruhiy tayyorgarlik va hayotiy yo‘lko‘rsatkich bo‘lib xizmat qilmoqda.