Янгиликлар
14
SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
????Kattaqo'rg'on shahar hokimligi apparat xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.
Siyosiy-ma’rifat soatida hafta davomida Prezidentimiz ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro uchrashuvlar mohiyati,“Qadriyatim” rukni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar dayjesti, mahallalar hayotiga oid yangiliklar, xodimlarga salomatlikni saqlashga oid ma’lumotlar namoyish etildi.
????Shuningdek, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘I A.Tillavov tomonidan o‘quv soati ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-sonli Farmoni mazmun mohiyati yuzasidan tushuncha berildi.