Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Fuqarolarning huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganilmoqda


Fuqarolarning huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganilmoqda

Ishtixon tuman adliya bo‘limi xodimlari A.Babanov va X.Quybaqovlar tomonidan tumanning "Boylata" va “ Mirzaqul” mahallalarida uyma-uy yurgan holda, aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida aliment undirish, mulk huquqi, nikoh va ajrim, meros masalalari, subsidiya va ijtimoiy nafaqa olish tartibi kabi dolzarb masalalarda murojaatlar kelib tushgani kuzatildi. Har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarga individual tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yechimini talab qiladigan ayrim masalalar "Online mahalla" platformasiga kiritilib, qonunchilik talablari asosida o‘rganiladigan bo‘ldi.