Янгиликлар
23
Yarim yillik sabrning mevasi: ish haqi o‘z egasiga yetdi
Yarim yillik sabrning mevasi: ish haqi o‘z egasiga yetdi
Har bir kishi uchun mehnatining haqini o‘z vaqtida olish muhim. Afsuski, Qo‘shrabot tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining direktori bo‘lgan G‘.M uchun bu haqiqat bir necha oy davomida faqat orzu bo‘lib qolgan edi. 2024-yilning dekabridan 2025-yilning may oyigacha bo‘lgan davr mobaynida u o‘z ish haqlarini ololmadi.
⏳Ammo, haqiqat kechiksa-da, yo‘qolmaydi. Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi bu masalani befarq qoldirmadi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritdi. Bu oddiy hujjatda inson mehnatiga, uning sha’niga bo‘lgan hurmat mujassam edi.
⚖️ Natijada, G‘.M.ning olti oylik, ya’ni 17 million 789 ming 310 so‘mlik ish haqi, 2025-yilning iyun oyi maoshi bilan birgalikda to‘liq to‘lab berildi.
⚡️Bu voqea – faqat bitta insonning ish haqi to‘langanini anglatmaydi. Bu – adolat ishlayotgani, huquqiy mexanizmlar harakatda ekani va eng muhimi, inson qadr-qimmati himoya qilinayotganini bildiradi.