Янгиликлар
24
"Huquqiy targ'ibot kuni "
<b>#probatsiya</b><br>
Har qanday inson xatoga yo'l qo'yishi mumkin, muhimi uni o'z vaqtida anglay bilishi, hayotni yangitdan boshlash, huquqbuzarlikka yo'l qo'ymaslik zarur.
Shu maqsadda, Ishtixon tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan chorshanba "Huquqiy targ'ibot kuni " tadbirida mahalla yoshlar yetakchisi hamkorligida tumanning "Damariq" mahallasida yashovchi probatsiya hisobda turuvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yarvardagi PQ-1-son qarori yuzasidan aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masuliyatini oshirish, fuqarolar va yoshlarni turli qonunbuzarliklardan himoya qilish, xususan firibgarlik jinoyatlarini oldini olish, bu borada qonunchilikdagi jazo choralari xususida maʼlumotlar berildi.