Янгиликлар
25
Bulung‘urda “Adliya kuni”
Bulung‘urda “Adliya kuni”
Tumanning Niyozmat mahallasida aholining huquqiy muammolarini joyida hal etish maqsadida “Adliya kuni” tashkil etildi.
Tadbir doirasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Shodiqulov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy muammolari tinglanib, ularning murojaatlari tegishli tartibda qayd etildi.
Qabul jarayonida:
- 15 nafar fuqaroning muammosi rasmiylashtirilib, ijroga yo‘naltirildi;
- 3 nafar fuqaroning muammosi esa joyida hal etildi;
- 10 nafardan ortiq fuqaroga esa huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, adliya kuni doirasida tuman Bandlik bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Bu yarmarka orqali ishsiz fuqarolarga mavjud ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilib, ularni ish bilan ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbir chog‘ida sog‘ligida muammosi bor va keksa yoshdagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.