Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amaliy yordam ko‘rsatildi.


"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Kattaqo‘rg‘on tuman FHDYO bo‘limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida fuqarolarga huquqiy-amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida 1957-yil 10-avgustda tug‘ilgan fuqaro Sherova Jamila Baxriddinovnaga tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmagani sababli avval tug‘ilganlik guvohnomasi berilmagan edi.

Kattaqo‘rg‘on tuman FHDYO bo‘limi mutasaddilari tomonidan holat o‘rganilib, fuqaroga zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada Sherova Jamila Baxriddinovnaning tug‘ilganlik dalolatnomasi yozuvi qayd etilib, unga belgilangan tartibda tug‘ilganlik guvohnomasi topshirildi.

Mazkur aksiya fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, tuman bo‘yicha joriy yilning mart-avgust oyiga qadar davom ettiriladi.

@Kattaqurgon_kechavabugun