Янгиликлар
22
Respublika ishchi guruhi Samarqandda
.jpg)
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.
Unda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Komissiya a’zolari hududiy mas’ullar bilan uchrashib, yoshlarning bandligi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar berdi. Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangi choralar belgilab olindi.