Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

O‘RQ-1083-sonli Qonuni doirasida aholiga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.


  

O‘RQ-1083-sonli Qonuni doirasida aholiga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
Samarqand tuman adliya bo‘limi tomonidan Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1083-sonli Qonuni mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
Mazkur Qonun bilan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati yo‘nalishida qator yangi tartiblar joriy etilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda qonunbuzarliklarning oldini olish, xususan, noqonuniy homiylik faoliyatidan tiyilish zaruratiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbir davomida mavzu yuzasidan atroflicha fikr almashilib, fuqarolarga tushunarli shakldagi tarqatma materiallar (buklet va flayerlar) tarqatilmoqda.
Maqsad – qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga sodda va ochiq shaklda yetkazish!

Kanalga ulanish: https://t.me/qonun_va_huquq