Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

07
Tayinlov

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan
Eshmamatov Yusufjon Abdiraxmonovich boshqarmaning Moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i
lavozimiga tayinlandi.

Yu.Eshmamatov tayinlovga qadar boshqarmaning Moliya-iqtisod sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Yu.Eshmamatovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

06
Press tur tashkil etildi

Ayni paytda viloyat matbuot uyida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh.Abduxalimov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda

Bugungi matbuot anjumani viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan viloyatda 2026-yil aprel–iyun oylariga mo‘ljallangan media-tadbirlar rejasi doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Ushbu matbuot anjumani aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda aholining huquqiy bilimlarini boyitishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tаshkil etilmoqda.

04
Kattaqo‘rg‘on tumanida yana 201 nafar fuqaroning mulk huquqi e’tirof etildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qaroriga asosan Kattaqo‘rg‘on tumanida 201 nafar fuqaroning yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi hamda ushbu hududlarda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi rasman e’tirof etildi.

Natijada bugungi kunda tumanda jami 673 nafar fuqaro o‘z mulkiga nisbatan to‘liq huquqiy egalik qilish va undan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, tumanda 2024–2026-yillar davomida jami 16 ta mahallada xatlov ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 5504 nafar fuqaroning mulklari xatlovdan o‘tkazildi. Ularning 306 nafari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Davlat xizmatlari markazida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Sirojiddinov, tuman Kengashi raisi D.Ubaydullayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev, tuman Kengashi deputati R.Djurayev, tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Sh.Razoqov hamda fuqarolar ishtirokida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tantanali topshirish marosimi tashkil etildi.

03
PQ-1 ijrosi yuzasidan joylarda amaliy nazorat olib borilmoqda.

Nurobod tumanida PQ-1 qarori ijrosi yuzasidan viloyat shtabi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganilmoqda.

02
Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida “Faxriylar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarov kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlar va faxriylar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar tajriba almashish hamda avlodlar davomiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Samarqand viloyati adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan faxriy notariuslar, FHDY bo‘limi mudiralari hamda arxiv xodimlari o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, kasbiy faoliyatlari davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari, pandu-nasihatlari bilan yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda yoshlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, tizimni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar hamda faxriylarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

01
“Dolzarb mavzu” – jonli efirda muhim masala muhokama qilindi

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Abduxalimov, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i X. Pardayev hamda viloyat soliq boshqarmasi vakili viloyat televideniyasining “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvida jonli efirda ishtirok etdi.

Efir davomida ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalarida hisob-kitoblarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish tizimi keng muhokama qilindi.

Xususan:
▪️ yangi tartibning mazmun-mohiyati,
▪️ aholiga yaratilayotgan qulayliklar,
▪️ tizimning xavfsizligi va shaffofligi,
▪️ notarial idoralar va banklar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

31
Mulk huquqi

Samarqand viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlari e’tirof etilgan fuqarolar soni 8410 nafarga yetdi. Bu esa fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish va ularni qonuniylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning muhim natijasidir.

30
So'rovnoma

Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash: siz bunga qanday qaraysiz? 

Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlar, zararli kontent, noma’lum begonalar... 
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?

Adliya vazirligi voyaga yetmaganlarning raqamli dunyodagi xavfsizligi mavzusida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Atigi 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!

So‘rovnomada ishtirok eting:
___________________________
O‘zbek tilidagi so‘rovnoma
Voyaga yetmaganlar uchun →  (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeN3kx6cI6fPNbHW0HG_FoFiwm_r7ps5F8O4SWKjZ4xxQ3tbA/viewform)... bu yerda (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeN3kx6cI6fPNbHW0HG_FoFiwm_r7ps5F8O4SWKjZ4xxQ3tbA/viewform)
Ota-onalar uchun → Havola bu yerda (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf8_DCzjPuCX_uGXkRv87imUu4NaSTaijF3sEpqP60Fm78A5A/viewform)
Анкета на русском языке
Для несовершеннолетних → Ссылка здесь (https://docs.google.com/forms/d/1mo9FF-1k7O_BDHvMrX0rb9BOhIL_od8CmqLSha5W6zc/edit)
Для родителей → Ссылка здесь (https://docs.google.com/forms/d/1__wO6kSuW4-iNyTlnWatfs2Cf6uhNosLbTh1ZS2j8Tw/edit)

30
Tayinlov

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Isoqov Behruz Baxodirovich  Payariq tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

B.Isoqov tayinlovga qadar Samarqand shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi  B.Isoqovni  kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

28
“Mustahkam oila – farovon jamiyat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi binosida “Mustahkam oila – farovon jamiyat” mavzusida muhim seminar bo'lib o'moqda.

Tadbirda shahar va tuman hokimliklari, FHDY bo‘limlari, mahalla faollariishtirok etmoqda.

Seminar maqsadi:
— oila munosabatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlash
— erta nikohlarning oldini olish
— nikohni qonuniy rasmiylashtirish va nikoh shartnomasining ahamiyatini tushuntirish
— ajralishlar sonini kamaytirish masalalarini muhokama qilish

Tadbirni Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Z.Saidova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Demokratiya va inson huquqlari Instituti direktori S.Xodjayeva, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari O.Shodiqulov, inson huquqlari va diniy soha vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.