Yangiliklar
Samarqand viloyatida mahalla raislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.Seminar davomida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi N.Fayziyeva mahalla fuqarolar yig‘inlarining Konstitutsiyadagi o‘rni, vakolatlari hamda faoliyatining huquqiy asoslari haqida ma’ruza qildi.
Tadbirda mahalla raislariga qonunchilikdagi yangiliklar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Samarqand viloyatida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari vakillari ishtirokida keng qamrovli ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur ochiq muloqotni Jamoat komissiyasi raisi F. Toshev olib bordi. Unda viloyat hokimligi vakili S. Baymurodov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Kurbonov hamda 23 ta davlat tashkilotining rahbar va mas’ul xodimlari, shuningdek, 210 nafardan ortiq fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni yanada samarali tashkil etish, aholining bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan amaliy takliflar bildirilib, mavjud muammolarni birgalikda hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Omonboyko‘prik” MFY “Yonoq” qishlog‘ida yashovchi fuqaro S. Bning tuman soliq inspeksiyasi tomonidan asossiz ravishda jarima qo‘llanilganligidan norozi bo‘lib qilgan arizasi ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida tadbirkorga tuman soliq organlari tomonidan qo‘llanilgan jarima qonunchilik talablariga zid ravishda rasmiylashtirilgani aniqlandi.
Adliya bo‘limi tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan asossiz moliyaviy jarima bekor qilinishiga erishildi.
Tadbirda Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi vakillari hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Atabek Salimov ishtirok etib, 2-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida:
kasb va ta’lim yo‘nalishini ongli ravishda tanlash;
huquqiy savodxonlikni oshirish;
kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
notarial xizmatlarning ahamiyati kabi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy tahdidlardan himoyalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishga xizmat qildi.
“Tashabbuslar marafoni” doirasida yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi
Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ shaharchasi hududida o'tkazilgan tadbirda Samarqand tuman adliya bo‘limi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni amalga oshirdi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosida Qarshi davlat universitetining Davolash ishi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan fuqaro J.B. o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish masalasida adliya organlariga murojaat qildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli ko‘rsatma xatiga asosan fuqaroning o‘qishini Samarqand davlat tibbiyot universitetiga ko‘chirish tavsiya etilgani, biroq qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan grant o‘rinlari mavjud emasligi sababli ta’limni to‘lov-kontrakt asosida davom ettirish taklif qilingani aniqlandi.
Adliya organlari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida masala atroflicha o‘rganilib, talabaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Ота-она ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан никоҳ ёшига етмаган шахсни эрга бериш ёхуд уйлантириш БҲМнинг 7 бараваридан 15 бараваригача жарима солишга сабаб бўлади.
Маълумот учун, никоҳ ёши эркаклар ва аёллар учун 18 ёш этиб белгиланган.
Mazkur uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori mazmun-mohiyati, mazkur qarorda nazarda tutilgan imkoniyatlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartiblari yuzasidan atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
"Ijtimoiy profilaktika haftaligi" doirasida "Saray" MFYda jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining tergov sudyasi M. Omonov hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Paxtachi tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Yoshlar ishlari bo'limi hamda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
Tadbir Paxtachi tumanining “Chorgusha” mahallasida joylashgan 1-son politexnikumida o‘tkazilib, unda ta’lim muassasasining 2-kurs talabalari ishtirok etdi.