Yangiliklar
“Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–68-son, 24.04.2026 yil qabul qilingan) ga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan respublikaning barcha hududlaridagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 fevraldagi PF–18-son Farmonida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi, bunda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining taklifiga asosan 50 gektardan – 500 gektargacha o‘lchamdagi yer uchastkalarini faqat sanoat usulidagi plantatsiyalar tashkil qilish va chorvachilik uchun yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turini belgilagan holda auksion savdolariga chiqarishga yo‘l qo‘yiladi;
auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi, har bir takroriy savdoda sotilmagan lot narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlang‘ich narxning 10 foizi miqdoriga (yer uchastkasini auksion savdolariga chiqarish xarajatlaridan kam bo‘lmagan miqdoriga) qadar pasaytiriladi;
birinchi auksion savdosi tegishli yer uchastkasi haqidagi xabarnoma e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun muddatda va takroriy savdolar 1 kun muddatda o‘tkaziladi.
Samarqand tumani adliya bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi “Gulobod” mahallasida “Ayollar daftari”ning huquqiy yordamga muhtoj toifasiga kiritilgan xotin-qizlar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya masalalari, oilaviy-huquqiy munosabatlar hamda amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mazkur huquqiy targ‘ibot tadbirlari belgilangan reja asosida tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan barcha xotin-qizlarni qamrab olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, muammolarini o‘rganish va qonuniy yechim topishga ko‘maklashish maqsadida izchil davom ettirilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot texnikumida "Giyohvandlikka qarshi – birgalikda kurashamiz" mavzusida pedagoglar jamoasi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning giyohvandlikka qarshi kurashish va ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari ishtirokchilarga yetkazildi.
Davra suhbatida "Adolat" SDP Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi raisi D.Hasanova, shahar adliya bo‘limi YXKM boshlig‘i Z.Abduraxmonov hamda texnikum direktori H.Shukurov mavzu yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar.
Ingichka qo‘rg‘onining Islom Shoir mahallasi binosida 7-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Tilavov, shahar IIB JXX xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor leytenant Nafisa Radjapova hamda Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi boshlig‘i A.Rahmonov ishtirok etib, Ingichkada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning murojaat va takliflarini tingladilar.
Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolar o‘rtasida my.gov.uz platformasi orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishning afzalliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida aholiga portal orqali davlat xizmatlariga masofadan turib murojaat qilish, vaqt va mablag‘ni tejash, shuningdek, xizmatlardan tezkor va shaffof foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Fuqarolarga tizimdan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak ham ko‘rsatildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi 27-iyun — OAV xodimlari kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini taqdirladi.
Tadbirda OAVning dolzarb masalalarni xolis yoritish va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashdagi hissasi alohida e’tirof etildi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov OAV vakillarini kasb bayrami bilan tabriklab, adliya organlari va OAV hamkorligining qonun ustuvorligi, huquqiy madaniyat va ishonchli axborotda muhimligini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Samarqand tuman texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ta’lim, bandlik hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Muloqot jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yilning 25-iyun kuni Urgut tuman Axborot-resurs markazida yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Urgut tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Mening qonunim – mening taqdirim” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda tuman umumta’lim maktablarining iqtidorli va faol o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etib, o‘zlarining huquqiy bilimlari hamda intellektual salohiyatlarini namoyish etdilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin — 35-maktabning “Generalist” jamoasi;
2-o‘rin — 128-maktabning “Adolat” jamoasi;
3-o‘rin — 36-maktabning “Yuristlar” jamoasi g‘olib deb topildi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan I, II va III darajali diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida viloyatdagi shahar va tuman davlat arxivlari rahbar hamda xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot shu‘basi boshlig‘i A. Kuylanov hamda Huquqiy axborot shu‘basi bosh maslahatchisi N. Fayziyeva ma’ruzalari bilan ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, davlat organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.
Hurmatli fuqarolar!
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 29-iyun
Vaqti: 16:00
Manzil: Samarqand shahri, “Obod maskan” MFY
Mo‘ljal: “Obod maskan” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi
Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55