Yangiliklar
Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar adliya bo‘limi tomonidan DXM oynasida tashkil etilgan “Huquqiy maslahat burchagi” orqali 2026-yil fevral oyi davomida 28 nafardan ortiq fuqaro huquqiy maslahat olish uchun murojaat qildi. Aholining huquqiy ongini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ushbu faoliyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 12-martdan 12-aprelga qadar respublika bo‘ylab “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Huquqiy aksiya doirasida adliya organlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar, huquqiy maslahatlar, hamda “Adliya kuni” uchrashuvlari tashkil etiladi.
Aksiya davomida xotin-qizlar:
o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahatlar;
davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam;
bepul davlat xizmatlari hamda elektron platformalardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolarni joyida hal etish bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘riladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar adliya organlarining rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.
Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Mazkur kun yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattarov tomonidan Urgut tumani "G'ijduvon" mahallasida yashovchi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, 18 nafar ishsiz yoshlar adliya ko‘magida o‘z mehnat faoliyatini boshlashlari uchun zarur ko'mak ko'rsatilgan bo'lib, mazkur yordam yoshlarning kasb-hunar bilan shug‘ullanishi va o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Shuningdek:
yana 5 nafar yoshni ish bilan ta’minlash choralari belgilandi;
2 nafar yoshni muddatli harbiy xizmatga yuborish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Tadbir davomida yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Adliya organlari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va huquqiy ongini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.
Seminarda tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish hamda tovar belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalariga e'tibor qaratildi.
Seminarda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i Baxrillo Hasanov hamda Intelektual mulk markazi bo'lim boshlig'i Sarvar Abdullayev ishtirok etib, tadbirkorlarga o‘z brendini (tovar belgisi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, ariza topshirishdan oldingi birlamchi tekshiruv jarayoni hamda intellektual mulk bilan bog‘liq masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar bermoqda.
Ushbu seminar tadbirkorlarning intellektual mulk sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish hamda o‘z brendlarini huquqiy jihatdan himoya qilishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari M.Kurbanov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ- 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jomboy tumanida bo'ldi.
Dastlab:
▪️PQ–1-sonli qaror bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlarga e'tibor qaratildi;
▪️Shundan so'ng boshqarma boshlig'i o'rinbosari M.Kurbanov tumandagi "Qo'ng'irot" MFYda bo'lib, biriktirilgan 13 nafar oilalarning muammolarini o'rgandii;
▪️Ular bilan suhbatlashib, muammolari tinglandi hamda mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi, bitta murojaat joyida hal etildi;
▪️Davlat xizmatlari markazi hamda FXDY faoliyati tahlil qilindi.
▪️Xodimlar bilan suhbatlashib, taklif va muammolari tinglandi.
▪️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda fuqarolarga qulayliklar yaratilishi lozimligi to'g'risida ko'rsatmalar berildi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qo'shrobot tumanida bo'ldi.
Dastlab:
PQ–1-sonli qaror bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlarga e'tibor qaratildi;
Shundan so'ng boshqarma boshlig'i S.Sattarov tumandagi "Qo'rolos" MFYda bo'lib, biriktirilgan 5 nafar oilalar bilan yaqindan suhbatlashdi hamda mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi.
Samarqand viloyatidagi sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoati vakillari hamda mehmonxona egalari diqqatiga!
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish hamda o‘z brend (tovar belgisi) va firma nomini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha sayyor qabul tashkil etilmoqda.
Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i B. Hasanov ishtirok etadi.
Qabul davomida:
Tovar belgisi (brend)ni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Firma nomini ro‘yxatdan o‘tkazish
Birlamchi tekshiruvdan o‘tkazish
Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish
Sohaga oid boshqa huquqiy maslahatlar beriladi.
12-mart 2026-yil
Soat 15:00
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi binosi
(Bobur Mirzo ko‘chasi, 12-uy)
(99) 059-59-77
(99) 779-15-90
Ushbu soha vakillarini sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi jamoasining "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi.
Tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish hamda tovar belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan sayyor qabulda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i B. Hasanov hamda Intelektual mulk markazi bo'lim boshlig'i S.Abdullayev ishtirok etib, tadbirkorlarga o‘z brendini (tovar belgisi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, tovar brendi masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berdi.
Sayyor qabulda 41 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Ishtirokchilarga 82 ta targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan berilgan murojaatlar o‘rganilib, 4 ta tovar belgisini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma yuborildi.
Mazkur sayyor qabul tadbirkorlarning o‘z brendlarini huquqiy jihatdan himoya qilish hamda intellektual mulk sohasida zarur amaliy yordam ko‘rsatishga xizmat qildi.