Yangiliklar
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Shodikulov tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani "Mullako‘rpa" mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarga PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan jinoyatchilikning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish hamda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Qabulda 20 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ular tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, 5 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, 10 ga yaqin murojaat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ijrosi yuzasidan mas’ullarga yo‘naltirildi.
Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun Zarafshon mahallasida “Ayollar daftari”ning huquqiy yordamga muhtoj toifasiga kiritilgan xotin-qizlar uchun huquqiy targ‘ibot seminari o‘tkazildi.
Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari Y.O‘roqova, tuman prokurori yordamchisi, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori hamda tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya masalalari hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy yechim topishda ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
SamATIda “Huquqiy savodxonlik” tadbiri o‘tkazildi
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida “Huquqiy savodxonlik” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi N. Ro‘ziyev ishtirok etib, yoshlarning huquq va erkinliklari, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etib, mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar hamda huquqiy bilimlarini yanada mustahkamladilar.
Mazkur sana davlat xizmatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tirof etish, davlat xizmatchilarining mas’uliyatli mehnatini keng targ‘ib qilish hamda samarali, ochiq va fuqarolarga yo‘naltirilgan davlat boshqaruvi tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Adliya organlari faoliyati ham qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlat xizmatlari sifatini yuksaltirishga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari hamda hududiy adliya organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan “Kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish” kurslarining 3-guruhi o‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Kurs davomida tinglovchilar zamonaviy boshqaruv, liderlik, strategik rejalashtirish, samarali muloqot hamda kasbiy faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
O‘quv mashg‘ulotlar yakunida kurs dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Naqdsiz hisob-kitoblar — shaffof iqtisodiyot, halol raqobat va barqaror taraqqiyot garovi.
Xabar berganimizdek, ayni paytda Bulung‘ur tumanidagi “Humo” yoshlar sayilgohida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan huquqiy tadbir “Adolat sayli” ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir doirasida “Huquq bilimdoni” tanlovi tashkil etilib, ishtirokchilar o‘rtasida huquqiy bilimlar sinovdan o‘tkazildi.
Tanlovda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Samarqand viloyatining Narpay tumanida faoliyat yurituvchi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi G.M. oliy malaka toifasi uchun qonunchilikda belgilangan ustama va to‘lovlar hisoblanmayotganligi yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.
Murojaatni o‘rganish davomida pedagogning malaka toifasi tasdiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, unga tegishli ustama va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida hisoblanmagani natijasida ish haqi qarzdorligi yuzaga kelgani aniqlandi.
Fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Narpay tuman adliya bo‘limi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
Sud tomonidan ish holatlari va taqdim etilgan dalillar atroflicha ko‘rib chiqilib, da’vo talablari qanoatlantirildi.
Natijada Narpay tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan fuqaro G.M. foydasiga jami 85 million 275 ming 307 so‘m miqdoridagi ish haqi va kompensatsiya to‘lovlari undirilishi belgilandi.
Adliya — fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasida!
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Sizlarni yirik huquqiy bayram — “Adolat sayli”ga taklif etadi.
Bayram 2026 yil 20-iyun kuni
soat 09:00 dan boshlab
Bulung‘ur tuman "Humo" yoshlar bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatidagi xizmat safari davomida Jomboy tumani “Axmadjon Qurbonov” MFYda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti tinglandi. Unda nizoli oilalar bilan ishlash, shuningdek, firibgarlik va kiberjinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar raqamlar kesimida tahlil qilindi.
Shuningdek, yosh oilalar o'rtasida ajrimlar sonini kamaytirish maqsadida e-nikoh elektron tizimini joriy etish bo‘yicha eksperiment tartibida olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.