Yangiliklar
Samarqand shahar “Do‘stlik uyi”da NNT Milliy assotsiatsiyasining hududiy bo‘limi, madaniy markazlar, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida yil sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi N.Fayziyeva tomonidan “Xalqlar do‘stligi va millatlararo totuvlik — huquqiy kafolatlar asosida” mavzusida ma’ruza qilindi.
Shuningdek, ma’ruzachi tomonidan 2025-yil 21-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1083-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, xususan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid joriy etilgan yangi tartiblar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid qabul qilingan qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilganligi uchun viloyat adliya boshqarmasi e’tirof etildi.
Yangi yil munosabati bilan yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan bayram dasturida Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi bilan yoshlar siyosati yo‘nalishida doimiy, samarali va faol hamkorlik qilib kelayotganligi uchun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi alohida e’tirof etildi.
Ushbu hamkorlik yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelajakka ishonch bilan qarashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek tadbirda barcha hamkor tashkilotlarga samimiy minnatdorlik bildirildi!
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Xudayqulov Umidjon Abdujabbor o‘g‘li Oqdaryo tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
U.Xudayqulov tayinlovga qadar Toyloq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi U.Xudayqulovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Jo‘raqulov Islom G‘afur o‘g‘li Jomboy tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
I.Jo‘raqulov tayinlovga qadar Jomboy tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi I.Jo‘raqulovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan G‘affarov Ibrohim Hasan o‘g‘li Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
I.G‘affarov tayinlovga qadar Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi I.G‘affarovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilay
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Saloxitdinov Savlat Soxibovich Toyloq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
S.Saloxitdinov tayinlovga qadar Oqdaryo tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi S.Saloxitdinovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Boymurotov Ilyos Sobirjon o‘g‘li Toyloq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
I.Boymurodov tayinlovga qadar Toyloq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi I.Boymurodovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Yoqubov Odiljon Ilxom o‘g‘li Toyloq tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
O.Yoqubov tayinlovga qadar Samarqand shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi katta mutaxassisi lavozimida lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi O.Yoqubovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Endilikda viloyatimizdagi barcha tuman va shahar FHDY bo‘limlarida, jumladan Ishtixon tumani FHDY bo‘limida ham, nikohlanuvchi shaxslarning istagi va buyurtmasi asosida tantanali tarzda nikohni qayd etish imkoniyati yaratildi. Ushbu tashabbus doirasida yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida fotosessiya, keytering (marosim uchun yegulik va ichimliklar), bezak ishlari hamda boshqa qo‘shimcha xizmatlar taklif etilmoqda.
Xususan, joriy yilning 22-dekabr kunida Ishtixon tumani FHDY bo‘limida tantanali nikoh marosimi o‘tkazilib, 9 ta nikoh shartnomasi tuzildi, shuningdek 2 ta tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma joyiga chiqib topshirildi.
Bu kabi tashabbuslar oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarga quvonch ulashish hamda fuqarolarga zamonaviy va qulay xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.
Viloyat adliya boshqarmasiga Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimi F.T. tomonidan yuridik xizmat xodimlariga har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organlari hamda tashkilotlari foydasiga hal qilingan nizolar bo‘yicha undirilgan mablag‘lardan mukofot pulini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan.
-Mazkur murojaat Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, fuqaro manfaatida sudga da’vo arizasi kiritildi.
-2026-yil 26-noyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining hal qiluv qarori bilan 2021–2025 yillar davomida to‘lanmagan mukofot pullari fuqaro foydasiga jami 278 462 121 so‘m miqdorida undirib berildi.
-Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.