Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) diqqatiga!

2026-yil 1-iyundan boshlab new.birdarcha.uz tizimi orqali tijorat tashkilotini onlayn tugatishga ariza yuborishda ta’sischilar qarori avtomat shakllantiriladi.

Endilikda:
Hujjatni alohida tayyorlab yuklash talab etilmaydi
Ta’sischi va tugatuvchi Face-ID orqali tasdiqlaydi
Tasdiq QR-kod orqali hujjatda aks etadi
Ariza barcha tasdiqlardan so‘ng avtomat tarzda tugatish jarayoniga o‘tadi va vakolatli organlarga yuboriladi
DXMlar tomonidan arizani dastlabki ko‘rib chiqib tasdiqlashi talab etilmaydi

Ushbu yangilik tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi hamda jarayonning xavfsizligini oshiradi.

25
“Hokimlik soati” – murojaatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qoʻshrabot tuman аdliya boʻlimi boshligʻi S. Raxmonberdiyev tomonidan joriy yil 25-may kuni tuman hokimligi majlislar zalida hokimlik xodimlari hamda tegishli tashkilotlar masʼul xodimlari ishtirokida “hokimlik soati” tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularga qoʻyiladigan talablar, ularni koʻrib chiqish tartibi hamda murojaatlar bilan ishlash jarayonidagi javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

22
Pastdarg‘om tumanida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Prezidentning PQ-1-son qarori ijrosi doirasida tumanning “Furqat” MFYda huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman adliya bo‘limi xodimlari, mahalla yettiligi, xotin-qizlar bo‘limi hamda boshqa tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida fuqarolarga:
• huquqbuzarliklarning oldini olish,
• oilaviy munosabatlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish,
• yoshlar va xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni jinoyatchilik va kiberfiribgarlikdan ogoh etish, xotin-qizlarning huquqlari hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

21
“Ilm-fan qizlar nigohida” — kelajak sari dadil qadam

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand shahridagi Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi loyihasi doirasida “Ilm-fan qizlar nigohida” nomli targ'ibot tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi, Samarqand shahar adliya bo‘limi, DXM hamda YXKM rahbarlari tomonidan yosh qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

20
“Ijtimoiy profilaktika haftaligi”

Samarqand viloyati hokimining 2026-yil 1-maydagi farmoyishiga asosan 2026-yil 2-choragida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida Samarqand tuman adliya bo‘limi tomonidan navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir tumandagi qizil toifaga kiritilgan “Sharof Rashidov” MFYda o‘tkazilib, unda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

19
YASHIRIN IQTISODIYOT-JAMIYAT ZARPECHAGI

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yashirin iqtisodiyot jamiyat taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy munosabatlarning ochiq va shaffof yuritilishiga to‘sqinlik qiladi hamda davlatning moliyaviy barqarorligiga xavf tug‘diradi.
Yashirin iqtisodiyotning kengayishi qator jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Eng avvalo, davlat budjeti daromadlari kamayadi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag‘larning qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Jamiyatda ijtimoiy tengsizlik kuchayadi. Qonuniy faoliyat yurituvchi shaxslar soliq to‘lagan holda ish yuritsa, yashirin iqtisodiyot ishtirokchilari bu majburiyatdan chetda qoladi.
Investitsiya muhiti ham salbiy ta’sirga uchraydi. Chunki shaffoflikning yo‘qligi xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini pasaytiradi.
M.G‘AFFOROVA,
tuman adliyabo‘limi 1-son FHDYO xodimi.

18
Jomboy tumani davlat xizmatlari markazida "prava" vaqtincha berilmaydi.

Viloyat adliya boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, haydovchilik guvohnomasini chop etish uskunasida aniqlangan nosozlik sababli, Jomboy tuman davlat xizmatlari markazida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati vaqtincha ko‘rsatilmaydi.

Mazkur xizmatdan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan boshqa tuman yoki shaharlardagi DXMga murojaat etishlari mumkin.

15
Samarqandda jurnalist va blogerlar uchun media-trening yakunlandi

Samarqand shahrida Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlarni professional yoritish, raqamli transformatsiya jarayonlarini ommaga sodda va ta’sirchan yetkazish, shuningdek storytelling, mobil jurnalistika va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Tadbir media vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda davlat organlari va OAV o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Trening Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

14
Media va davlat_xizmatlari

Mazkur trening davlat xizmatlari tizimidagi ochiqlikni kuchaytirish, raqamli islohotlarni aholiga sodda va tushunarli yetkazishda media vakillarining o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa fuqarolarning davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchi va huquqiy xabardorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

13
Kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikni oldini olish doirasida hududlarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida viloyat  prokuraturasi qoshida tashkil etilgan ishchi guruh shtab  a'zolari  Samarqand tumanida qaror ijrosini o'rgandi.

Xususan jarayonda,   PQ-1-son qaror ijrosini ta'minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayollar jinoyatchiligi, yoshlar o'rtasidagi huquqbuzarlik, giyohvandlikni oldini olish va nizoli oilalar bilan ishlashda adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar  ham muhokama qilindi.