Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

17
“Yoshlar bilan sog‘lom va mas’uliyatli hayot yo‘li” — Nikoh va oilaviy masalalarda davra suhbati

Samarqand shahar adliya bo'limi 2-son FHDY inspektori D.Kuchkarova tomonidan Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti talabalari uchun huquqiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar bilan quyidagi muhim masalalar huquqiy muhokama qilindi:

Nikoh va nikoh shartnomalari — oilaviy hayotning qonuniy asoslari, er va xotin huquqlari va majburiyatlari.
Erta tug‘ruqning oldini olish — sog‘lom hayot, rejalashtirilgan oila va yoshlar salomatligi masalalari.
Ajrimlarni kamaytirish — oilaviy nizolarni hal qilish, mas’uliyatli munosabatlarni rivojlantirish va oilaviy barqarorlikni ta’minlash.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar oldi. 

16
Yoshlar kuni

“Yoshlar kuni” doirasida boshqarmada tashkil etilgan tadbirda dastlab xodim bo‘lmagan yoshlar uchun tashkilotda interaktiv ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar boshqarma faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir davomida Lex.uz platformasidan samarali foydalanish, normativ-huquqiy hujjatlarni izlash va amaliyotda qo‘llash tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, my.gov portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanish, ariza topshirish, elektron xizmatlardan tez va qulay foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

15
Oila nizolarini hal etish ishlari jamoatchilik vakillari bilan jadal amalga oshirilmoqda

 Xabaringiz bor, PQ-1-son qarorga asosan nizoli oilalar salmog‘i eng yuqori bo‘lgan mahallalar viloyat adliya boshqarmalari rahbarlariga biriktirildi.

Ma’lumot uchun:Viloyatdagi 16 tuman va shahardagi 177 ta nizoli oila ro‘yxatga olingan va adliya mas’ul rahbarlari diqqat markazida. Shuningdek, fuqarolik sudlarida nizolashayotgan oilalar ro‘yxati olingan bo‘lib, umumiy hisobda 3220 ta oila tumanlar kesimida shakllantirilgan.

Mazkur ro‘yxat asosida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va nizolarni oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattarov boshchiligida jamoatchilik vakillari bilan targibot tadbiri tashkil etildi.
Ayni damda adliya boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida qo‘shma qaror qabul qilinishi arafasida.

14
Kechikkan to‘lovlar undirildi.

Nurobod tumani adliya bo‘limiga fuqaro A. R mehnat shartnomasi shtat qisqarishi sabab bekor qilinganiga qaramay, unga tegishli to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi yuzasidan murojaat qildi.

O‘rganish natijasida qonunbuzarlik aniqlanib, tegishli taqdimnoma kiritildi. Natijada fuqaro A. Rga 619 916 so‘m miqdoridagi ishdan bo‘shash nafaqasi hamda 2 802 765 so‘m miqdoridagi foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya pullari to‘liq to‘lab berildi.

Shuningdek, to‘lovlarni kechiktirgan mas’ul xodimga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan vakolatli organga taklif kiritildi.

14
Fuqaroning soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqi tiklandi.

Samarqand shahrida yashovchi fuqaro R.A. soliq imtiyozini qo‘llash yuzasidan murojaat qilgan bo‘lib, ushbu murojaat shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro shahar hokimining qaroriga muvofiq davlat tomonidan ajratilgan uy-joyda yashab kelgan bo‘lsa-da, unga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozi tatbiq etilmagan.Amaldagi Soliq kodeksining 421-moddasi 5-bandiga ko‘ra, yetim bolalar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslarga davlat uy-joylari bo‘yicha 23 yoshga to‘lguniga qadar soliq imtiyozlari berilishi nazarda tutilgan.
Samarqand shahar adliya bo‘limining aralashuvi va taqdimnoma ta'sir chorasi natijasida fuqaroning qonuniy huquqi tiklandi, soliq imtiyozi qonunchilikka muvofiq qo‘llanildi.

13
Adliya vazirligi — ochiqlik va shaffoflikda yetakchilar safida!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–154-son Farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik darajasi “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.

2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi baholash natijalari Adliya vazirligida faoliyatining ochiqligi, shaffoflik va jamoatchilik oldida hisobdorlik yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganini yana bir bor tasdiqladi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Adliya vazirligi eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan yetakchi davlat organlari qatoridan munosib o‘rin egalladi.

10
Ayollar va bolalar huquqlari – doimiy e’tiborda!

Qo‘shrabot tumani Bozorjoy mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari S. Maxmudova hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar keng muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan:

huquqiy savodxonlikni oshirish,
oiladagi sog‘lom muhitni mustahkamlash,
zo‘ravonlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla aholisiga mavjud imkoniyatlar, murojaat qilish tartiblari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan himoya mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ayollar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

09
Yoshlar – kelajakning jasur qutqaruvchilari!

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman MMTBga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yosh qutqaruvchi tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvda maktab o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil qilinib, ularga hayotiy xavfsizlik, jasorat va yosh qutqaruvchi sifatida qanday harakat qilish borasida muhim tavsiyalar berildi. Yoshlar o‘z savol va takliflarini bildirib, tadbirda faol ishtirok etdilar.

Bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik, mas’uliyat va qutqaruvchilik ruhini shakllantiradi, ularni kelajakdagi jasur yetakchilarga aylantiradi 

09
Amir Temur tavalludining 690 yilligi

Viloyat adliya boshqarmasida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Sohibqiron Amir Temurning ibratli hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati va tariximizdagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbir yakunida Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan film namoyish etilib, yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va Vatanga sadoqat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.

08
“100 ta brend” aksiyasi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi hamda viloyat hokimligi hamkorligida “100 ta brend” aksiyasi doirasida sayyor qabul o'tkazildi. 

Tadbir davomida tadbirkorlik subyektlariga o‘z brendini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, topshirishdan oldingi birlamchi tekshiruvdan o‘tkazish hamda mavjud muammolar bo‘yicha bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi.