Yangiliklar
Bu bilan kelgusida bola uchun nafaqa va fuqarolikni olish, bog‘chaga va maktabga borish, hattoki sifatli tibbiy yordam olishda ham muammo va ovoragarchiliklarning oldi olinadi.
iloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Shodiqulov hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyati bo‘limi mudiri v. b. G'. Abdujalilov tomonidan Ishtixon tumani "O'zbekiston" mahallasida huquqiy oylik doirasida sayyor qabul o'tkazildi.
Dastlab 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror ijrosi doirasida adliya boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan nizoli oilalarning huquqiy muammolari bo'yicha adliya bo'limi mas'ullariga ko'rsatmalar berildi.
Shundan so'ng, huquqiy oylik doirasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Shundan 25 nafar fuqarolarning turli masaladagi murojaatlari tegishli tartibda qabul qilinib ijroga qaratildi, 2 ta murojaat joyida hal etildi, 10 nafardan ortiq fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori hamda “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligini o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan grafik asosida Samarqand tumani markazidan uzoqda joylashgan “Ko‘saho” va “Ohalik” mahallalarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar davomida fuqarolarning ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashildi, shuningdek, mulkdorlarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bugun, xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi 19- sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyada dastlab shahar IIB boshlig‘i Yo.Karimovning huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish borasidagi ishlar bo‘yicha hisoboti eshitildi. Shundan so‘ng shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Tilavov 2025- yilda shaharda norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida adliya boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan Samarqand shahridagi "Shukrona" hamda Samarqand tumanida joylashgan “Chumchuqli” MFYlarida “mahalla yettiligi” a’zolari hamda “nizoli oilalar” vakillariga huquqiy ongni yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Tadbirda dastlab qaror ijrosi bilan adliyaga biriktirilgan mazkur mahallalardagi nizoli oilalarni bugungi kundagi yashash sharoiti, nizoli oilalarga ro‘yxatiga tushib qolishining tub sabablari hamda huquqiy muammolari o‘rganildi.
Nurobod tuman adliya bo‘limi tomonidan maslahat burchagi orqali 2026-yil yanvar oyi davomida 30 nafardan ortiq fuqaro huquqiy maslahat olish uchun murojaat qildi.
Fuqarolarni qiziqtirgan masalalarning aksariyati oila va nikoh munosabatlari, shuningdek subsidiyalar bilan bog‘liq bo‘ldi.
Tadbir davomida murojaatchilarga mutaxassislar tomonidan atroflicha huquqiy tushuntirishlar va amaliy maslahatlar berildi.
Unda Bulung‘ur tuman Adliya bо‘limining 2025-yil davomida norma ijodkorligi hamda huquqni qо‘llash amaliyoti, shuningdek, 2026-yilda amalga oshirish lozim bо‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida gapirilib o’tildi.
Mavzu yuzasidan Bulung‘ur tuman Adliya bо‘limi boshlig‘i Abdiyev Nuriddin Amir о‘g‘li tomonidan ma’lumot berildi.
Tadbir so’ngida OAV vakillari mavzu va soha yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar.
Bulung‘ur tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman FHDY bo‘limi hamkorligida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” kursining navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Davra suhbati davomida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi M. Kurbanova, tuman FHDY bo‘limi mudirasi G. Baxritdinova hamda tuman “Oqila ayollar” harakati rahbari N. Umarova tomonidan nikoh guvohnomasining ahamiyati, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash ularning porloq kelajagi va baxtli hayotini ta’minlashdagi muhim omil ekani haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Bulung‘ur tumani Xo‘jamazgil mahallasida viloyat va tuman hokimligi rahbarlari ishtirokida aholi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ular asosan kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy himoya, infratuzilma, yer va kadastr masalalari bilan bog‘liq bo'lib, murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Bulung‘ur tumani “Sayiltepa” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Shodikulov tomonidan mahalla aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir avvalida O.Shodikulov tomonidan “mahalla yettiligi” vakillariga qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son Qarori yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.