Yangiliklar
Samarqand viloyat adliya boshqarmasida xodimlarning siyosiy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi “Ma’naviy-ma’rifiy soat”da buyuk mutafakkir va davlat arboblari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida Samarqand davlat universiteti "Mumtoz adabiyot tarixi" kafedrasi dotsenti A. Razzoqov ishtirok etib, ikki buyuk siymoning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan"Tafakkurimiz charog‘bonlariga ehtirom " mavzusida ma’ruza qildi.
Mazkur mashg‘ulotda shuningdek, xodimlar joriy hafta davomida mamlakatimizda hamda xorijda ro‘y bergan muhim siyosiy va ijtimoiy voqealar yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan bayram tadbirida aynan shu ezgu g‘oyalar ilgari surildi.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i S.Sattarov kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarni Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i X.Xo‘jamqulov ham bayram tabrigini yo‘lladi.
Tadbir davomida viloyatda adliya sohasida erishilgan yutuqlar alohida e’tirof etilib, bunda tizim xodimlarining munosib hissasi borligi ta’kidlandi.
Unda, xususan, norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati, huquqiy targ’ibot va ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar atroflicha yoritib berildi. Shuningdek, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, ularning joylarda to‘g‘ri va bir xil qo‘llanilishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Tashrif davomida Adliya vaziri tomonidan boshqarmaning bugungi kundagi faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilayotgan natijalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasi o‘rinbosarlarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlagan taqdimoti bilan tanishilib, har bir soha kesimida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Bugun mazkur markazga adliya vaziri Akbar Tashqulov tashrif buyurib, uning bugungi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Vazir markazdagi turli yo‘nalishlar — ta’lim, tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Jumladan:
• bepul xorijiy til kurslari
• IT yo‘nalishidagi zamonaviy darslar
• tikuvchilik va hunarmandchilik ustaxonalari
• turli kasb-hunar o‘quv kurslari
Tashrif davomida vazir markazda tahsil olayotgan yoshlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlagan fuqarolar hamda ish bilan ta’minlangan mahalla aholisi bilan samimiy muloqot qildi.
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikdagi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining «Davlat va huquq asoslari» fanidan dars beradigan pedagog xodimlari uchun «Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi» respublika ko‘rik tanlovini tizimli ravishda o‘tkazish choralarini ko‘rishi belgilangan edi. Mazkur qo'shma qarorga muvofiq Samarqand tumanida «Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi» respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlvov ishtirokchilari belgilangan shartlar asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2026-yil 11-mart kunidagi
“Xotin-qizlar huquqlari” kafolatlari huquqiy aksiyasini o’tkazish to’g’risidagi topshirig’iga asosan ishsiz xotin-qizlar uchun Urgut tumani Adliya bo’limi, Urgut tumani kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Urgut tumani Adliya bo’limida mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29- apreldagi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-230-sonli qarori 7-band ijrosini ta’minlash maqsadida:
O‘zbekiston nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi
O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limi
O‘zbekiston karlar jamiyati viloyat bo‘limi
O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining viloyat bo‘limi
rahbarlarining 2025 yil davomida hududlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1-sonli qarorining mazmun mohiyati atroflicha tushuntirilib, ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Ayni paytda viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o’rinbosari O.Shodikulov ishtirokida adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025 yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.