Yangiliklar
Uzoqov Hasan Sidiqboy o'g'li – Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho'basi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
H.Uzoqov tayinlovga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish sho'basi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi jamoasi H.Uzoqovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Ulmasov Baxtiyor Abrorovich – O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosarining tegishli buyrug‘i bilan Adliya vazirligi huzuridagi To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining Samarqand viloyati hududiy bo'limi sho'ba boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
B.Ulmasov tayinlovga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'yicha bosh maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi jamoasi B.Ulmasovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Tursunov Nuriddin Qurosh o'g'li – Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmaning Davlat xizmatlari ko'rsatilishi ustidan nazorat sho'basi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
N.Tursunov tayinlovga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi jamoasi N.Tursunovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Samarqand viloyatida mahalla boshqaruvi samaradorligini oshirish, oilaviy tantana va marosimlarni tartibga solish, isrofgarchilikning oldini olish, shuningdek, sog‘lom oila, sog‘lom yoshlar va xavfsiz mahalla muhitini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-iyundagi PF–116-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A. Kuylanov ham ishtirok etib, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixchamlashtirish, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ushbu sohadagi qonunchilik talablari hamda belgilangan me’yorlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berdi.Shuningdek, yosh avlodni tejamkorlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrash hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Matbuot anjumanida mazkur yo‘nalishdagi dolzarb masalalar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
ana: 2026-yil 11-noyabr
Vaqti: 11:00
Manzil: Narpay tumani, “Iymon” mahallasi binosi.
Ma’lumot uchun: +998 55 701 00 55
Huquqiy muammolaringiz va murojaatlaringiz yuzasidan amaliy yordam olish uchun sayyor qabulda faol ishtirok eting!
Lyuksemburg davlatiga xizmat safari doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi Auditorlar sudida davlat-xususiy sheriklik va autsorsing shartnomalarini nazorat qilishga oid tajribani o'rgandi.
Uchrashuvda davlat mablag'laridan samarali foydalanish, shartnomalarning shaffofligi, moliyaviy xavflarni baholash, xizmatlar sifati va erishilgan natijalarni audit qilish kabi masalalarga e'tibor qaratildi.
Mazkur tajriba davlat-xususiy sheriklik loyihalari va autsorsing mexanizmlarini takomillashtirish, budjet mablag'larining maqsadli sarflanishini ta'minlash hamda davlat xizmatlari samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Uchrashuv Yevropa Ittifoqi ko'magida Adliya vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda davlat xizmatlari ko'rsatishni yanada takomillashtirish" loyihasi doirasida tashkil etildi.
Oila — jamiyatning muqaddas va mustahkam poydevoridir. Shu bois yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda sog‘lom oilaviy munosabatlar va mas’uliyat hissini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun Oqdaryo tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDY bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-son qarori asosida yoshlar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida nikohlanuvchi yoshlarning oilaviy hayotga tayyorgarligi, milliy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, reproduktiv salomatlik, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari yuzasidan hayotiy misollar asosida zarur bilim va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati, uning nikoh haqidagi guvohnomadan farqi, shakli hamda qonuniy kuchga kirish vaqti haqida tushuntirishlar berildi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida yosh oila quruvchi juftliklarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mustahkam oila — baxtli jamiyat va farovon kelajak garovidir!
Adliya vazirligi tomonidan Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi a’zolari ishtirokida mahalla raislari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda mahalla raislarining nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, tomonlarni murosaga keltirish va mediatsiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratildi. Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari "Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal qilish" mavzusida ma’ruzalar qilib, nizolarning oldini olish, ularni sudgacha hal etish va o‘zaro maqbul kelishuvga erishish mexanizmlarini tushuntirdilar. Seminar yakunida ishtirokchilarning savol va takliflari muhokama qilinib, mavzu yuzasidan fikr almashildi.
Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan Davlat xizmatlari markazida tadbirkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga bag‘ishlangan tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Jumladan, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibi, tovar belgilarining ahamiyati hamda tadbirkorlarning o‘z brendlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, ularga tegishli huquqiy tushuntirishlar taqdim etildi.
Tadbirda SamDPI dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Buriyeva Firuza Normurotovna mutaxassis sifatida ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining boyligi va jozibasi, nutq madaniyati, adabiy til me’yorlariga rioya qilish hamda ona tilimizning nufuzini yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xodimlarning yozma savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash va davlat tilida ish yuritish mahoratini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Davlat tili — milliy o‘zlik va mustahkamlik poydevori” mavzusida diktant olindi.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimiz timsoli! Bunday tadbirlar xodimlarning yozma savodxonligini oshirish, davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirish hamda ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.