Yangiliklar
Samarqand viloyati Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni" doirasida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi S. Sattarovning Samarqand shahridagi 30 dan ortiq mahallalardan tashrif buyurgan 60 nafardan ortiq yoshlar bilan ochiq uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan samimiy muloqot olib borilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlarning huquqiy ongi va intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida uchrashuv doirasida “Zakovat” intellektual turniri ham tashkil etildi.
Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtgan musobaqa yakunida gʻolib jamoalar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim va salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hurmatli fuqarolar!
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Shodikulov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 23-iyul
Vaqti: 11:00
Manzil: Bulung'ur tumani, “Kildon” MFY
Mo‘ljal: “Kildon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi
Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55
Urgut tumanida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Psixiatriya xizmati bo‘yicha Samarqand viloyat filialida uzoq yillardan buyon davolanib kelayotgan 12 nafar katta yoshdagi fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud emasligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tibbiyot muassasasiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 12 nafar fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudiga tug‘ilganlik faktini belgilash to‘g‘risida arizalar kiritildi.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan ushbu 12 nafar fuqaroning tug‘ilganlik fakti belgilandi hamda ularning huquqlari tiklandi.
Ayni paytda mazkur fuqarolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari M.Kurbanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 22-iyul
Vaqti: 10:00
Manzil: Toyloq tumani, “Madaniyat” MFY
Mo‘ljal: “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi
Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55
Ashurov Davron Sharofboy o‘g‘li – Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Samarqand shahar adliya bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
D.Ashurov tayinlovga qadar boshqarmaning Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho’basi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Hurmatli fuqarolar!
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 17-iyul
Vaqti: 10:00
Manzil: Paxtachi tumani, “Chorgo'sha” MFY
Mo‘ljal: “Chorgo'sha” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi
Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55
Kattaqo'rg'on shahar Madaniyat saroyida 7-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Tilavov, shahar IIB JXX xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor leytenant N.Radjapova ishtirok etib, xotin-qizlarning huquqiy sohadagi murojaat va takliflarini tingladilar.
Muloqot davomida 50 nafarga yaqin xotin-qizning ijtimoiy, huquqiy va maishiy muammolari atroflicha o‘rganildi. Ishtirokchilarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni qiynayotgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday ochiq muloqotlar aholining, ayniqsa xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Samarqand tuman, “O‘zbekkenti” mahallasida yashovchi fuqaro Q.A Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida ishlab kelib, noqonuniy ishdan bo'shatilganligi sababli ishga tiklash hamda majburiy progul vaqt uchun ish haqi undirish yuzasidan viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
Fuqaro murojaati o'rganib chiqilib, fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida boshqarma tomonidan Fuqarolik ishlari bo'yisha Samarqand shahar sudga da’vo arizasi kiritildi.
Natijada, Sudning hal qiluv qaroriga asosan Q.Ani ishga tiklash hamda fuqaro foydasiga 44 548 668 so'm miqdorida ish haqi undirilishi belgilandi.
Bugun Nurobod tuman adliya bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, Bandlik bo‘limi va "Inson" markazi mas'ul xodimlari ishtirokida 1-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida "Ayollar daftari"ga kiritilgan 5-toifadagi huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari qabul qilindi hamda huquqiy masalalar yuzasidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar, ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mexanizmlar, shuningdek, ayollarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Bugun Samarqand shahrida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Muvaqqat ishlar vakili Renata Vrobel xonim hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Akiko Fujii xonim Adliya vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi va Davlat boshqaruvi samaradorligi agentligi vakillari bilan uchrashdi.