Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

19
Biznesni boshlash va litsenziyalash tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri

2026-yil 10-fevral kuni Qo‘shrabot tumani аdliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi hamda tuman Savdo-sanoat palatasi xodimlari tomonidan DXM binosining majlislar zalida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-sonli “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilgan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yaratilgan qulayliklar haqida tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan fuqarolarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha va tushunarli javoblar berildi.

18
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabaevich joriy yilning 20-fevral kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazadi.

Sayyor qabul joyi: Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, “Mayintepa” mahallasi binosi

Sana va vaqt: 20-fevral, soat 11:00

Qabul davomida Samarqand viloyati aholisi hamda tadbirkorlik subyektlari:

davlat xizmatlari ko‘rsatish;
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY);
yuridik xizmatlar;
arxiv faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan vazirga murojaat qilishlari mumkin.

 Ro‘yxatdan o‘tish:
Qabulda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari +998 55 701-00-55 (ichki raqam - 4004) telefon raqami orqali 19-fevral kuni soat 18:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Sayyor qabul davomida fuqarolarga sayyor tartibda:

davlat xizmatlari,
FHDY xizmatlari,
notarial xizmatlar ko‘rsatiladi.

Hurmatli samarqandliklar!
Mavjud muammolarga qonuniy yechim topish  uchun ushbu sayyor qabulda faol ishtirok eting.

Eslatma: Sayyor qabulga bora olmaydigan biroq ro'yxatdan o'tgan fuqarolar onlayn tarzda qabul qilinadi.

18
Urgut va Jomboy tumani Davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasi berish xizmati vaqtincha to‘xtatiladi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, haydovchilik guvohnomasini chop etish qurilmasida vujudga kelgan texnik muammo sababli Urgut va Jomboy tumani Davlat xizmatlari markazida namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunaga almashtirish xizmati hozircha amalga oshirilmaydi.

Mazkur xizmatdan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan boshqa tuman yoki shaharlardagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari mumkin.

18
Adliya aralashuvi bilan mehnat huquqi tiklandi

Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.G.ning shahar sog‘liqni saqlash bo‘limida mehnat qonunchiligi buzilayotgani yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Aniqlanishicha, fuqaro M.G. Samarqand shahar 10-son oilaviy poliklinikasida hamshira vazifasida ishlab kelgan bo‘lib, 2024-yilda farzandli bo‘lgani munosabati bilan mehnat qonunchiligiga muvofiq homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga, keyinchalik  bola parvarishlash ta’tiliga chiqqan.

Shundan so‘ng fuqaro M.G. bola parvarishlash ta’tilidan muddatidan oldin ishga qaytish  uchun ish beruvchiga yozma ravishda murojaat qilgan bo‘lsa-da, ish beruvchi tomonidan tegishli buyruq shu kungacha rasmiylashtirilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan  shahar sog‘liqni saqlash bo‘limiga tegishli taqdimnoma kiritildi va  natijada xodimning o‘z ishiga qaytishi ta’minlandi.

17
Ayni paytda Samarqand  viloyat adliya boshqarmasida 2025-yil yakunlari bo'yicha kengaytirilgan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

Bunda amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda yuzaga kelgan kamchiliklar tanqidiy tahlil etilmoqda.

17
Nikoh shartnomasi: Oilaviy munosabatlarda huquqiy kafolat

Nikoh shartnomasi — bu er va xotin o‘rtasida tuziladigan, nikoh davrida yoki ajralish vaqtida ularning mol-mulki, daromadlari, qarz va moliyaviy majburiyatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan belgilangan me’yorlar asosida tuziladi.

Ushbu shartnoma er-xotinning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga, kelajakdagi kelishmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi. 

Samarqand viloyatidagi  FHDY bo‘limlari  tomonidan ham fuqarolar o‘rtasida nikoh shartnomasining mazmuni, ahamiyatini tushuntirish maqsadida -targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida shartnomani qanday tuzish, uning yuridik kuchi, amal qilish muddati va shartlarini bekor qilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari  tarqatilmoqda.

17
Nikoh shartnomasi: Oilaviy munosabatlarda huquqiy kafolat

Nikoh shartnomasi — bu er va xotin o‘rtasida tuziladigan, nikoh davrida yoki ajralish vaqtida ularning mol-mulki, daromadlari, qarz va moliyaviy majburiyatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan belgilangan me’yorlar asosida tuziladi.

Ushbu shartnoma er-xotinning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga, kelajakdagi kelishmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi. 

Samarqand viloyatidagi  FHDY bo‘limlari  tomonidan ham fuqarolar o‘rtasida nikoh shartnomasining mazmuni, ahamiyatini tushuntirish maqsadida -targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida shartnomani qanday tuzish, uning yuridik kuchi, amal qilish muddati va shartlarini bekor qilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari  tarqatilmoqda.

16
2025-yil yakunlariga bag'ishlangan Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Ayni paytda viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o’rinbosari O.Shodikulov  ishtirokida adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025 yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

16
Matbuot anjumanidan

Ozodjon Shodikulov:
   — Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5168-son qaroriga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab respublikaning butun hududida, shu qatorda Samarqand viloyatida ham 16 ta tuman (shahar)larda adliya bo‘limlari tarkibida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda tuman (shahar)lardagi 2278 ta davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazi yuriskonsultlari tomonidan samarali xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

2025 yil davomida “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali jami 723 291 ta hujjat aylanishi kuzatilgan bo‘lib, xodimlar tomonidan yuridik xulosalar berilgan. Shundan 664 655 ta hujjatga ijobiy xulosa berilgan bo‘lib, 64 894 ta hujjat rad etilgan, 408 ta hujjatga salbiy xulosa berilgan.

16
Ayni vaqtda Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda.

Kun tartibidagi oltinchi masala tuman adliya bo‘limi boshlig‘i v.b. S.Raxmonberdiyevning 2025-yil davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo’llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to’g‘risidagi axboroti haqida hamda yettinchi masala Qo‘shrabot tumani Kengashining 2025-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish haqida”gi VII-6-7-7-97-K/25-son qarori ijrosi haqida.