Yangiliklar
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi, ichki ishlar organlari hamda soliq idoralari hamda tuman adliya bo’limi hamkorligida Urgut bozori hududida keng qamrovli targ‘ibot va sayyor xizmat tadbiri tashkil etildi.
SamDCHTIda O‘zbekiston "Adolat" SDP Samarkand viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Asqar Xolikov, Bobur Xudoynazarov Kiberxavfsizlik boshqarmasi yetakchi mutaxasisi, leytenanti hamda Nargiza Fayziyeva Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy targ’ibot mas’ullari tomonidan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida umumiy firibgarlikka qarshi targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda firibgarlikning zamonaviy ko‘rinishlari va ularning xavf-xatarlari haqida so‘z yuritdi. Ayniqsa, internet orqali shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash holatlari ortib borayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirda mutasaddilar internet va mobil tarmoqlar orqali sodir etilayotgan jinoyatlar keng tarqalayotganini qayd etib, fuqarolarni shubhali havolalarni ochmaslikka, noma’lum manbalardan fayl yuklamaslikka va shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslikka chaqirdilar.
Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Qo‘shrabot tumanida, shuningdek “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tashkil etilgan “Navkat” mahallasidagi “Farovonlik markazi” faoliyati bilan tanishdi.
Xabaringiz bor, mazkur markazda ta’lim, tadbirkorlik va hunarmandchilik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholi uchun bepul chet tili kurslari, IT kurslari, tikuvchilik, milliy qo‘g‘irchoq yasash ustaxonasi, quruq mevalarni qayta ishlash va qadoqlash kabi yo‘nalishlarda amaliy ishlar tashkil etilgan.
Tashrif davomida markaz faollari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yangi yo‘nalishlarni kengaytirish hamda aholi bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.
Ta’kidlanganidek, bunday markazlar aholining kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi orqali ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash hamda farovon turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Kattaqo'rg'on tuman "Melixo'ja" mahallasida 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarorini amalga oshirish maqsadida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” tadbiri doirasida aholi vakillari bilan ochiq muloqot va sayyor qabul tashkil qilindi.
Tuman hokimyati, adliya bo‘limi va ichki ishlar bo‘limi hamkorligidagi sayyor qabulda, murojaatlarni o'rganish bilan birga mahalla aholisigа firibgarlik jinoyati, kiber jinoyatchilik, uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatchilik qurboniga aylanishning oldini olish maqsadida, bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etilish usullari haqida huquqiy tushuntirish berilib, targ‘ibot bukletlari tarqatildi hamda mahalla Telegram kanali orqali shu mazmundagi kontentlar joylanishi ta’minlandi.
Samarqand viloyatining Qo'shrabot tumanida Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov ishtirokida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Tadbirda tegishli idoralar rahbar va mas’ul xodimlari ham qatnashdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish, yuridik xizmatlar, soliq imtiyozlaridan foydalanish, yer ajratish, mulk huquqi, kadastr hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarida uchrayotgan muammolari atroflicha muhokama qilindi.
Sayyor qabul davomida jami 50 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari ko‘rib chiqildi.
17 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
1 ta muammo joyida hal etildi;
30 ga yaqin murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i L.Bolishev hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi B. Ulmasov tomonidan Bulung‘ur va Jomboy tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarning mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi lozimligi haqida tushuntirish berildi.
Bundan tashqari, sohaga oid “Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyati” hamda “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Kattaqo'rg'on shahar "Amir Temur" MFYda sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabul davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik normalari, oilaviy mas’uliyat hamda muammolarni qonuniy va murosali yo‘l bilan hal etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, MFYdagi nizoli oilalarning oilaviy nizolarning oldini olish, oilani saqlab qolish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlash yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, huquqiy tomondan mavjud bo'lgan muammolarga yechim topish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Urgut tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi tomonidan "Mulk huquqlari" oyligi doirasida Urgut savdo kompleksida sayyor davlat xizmatlari tashkil qilindi.
Tadbir davomida hududdagi tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, tadbirkorlarning qonuniy faoliyat olib borishi zarurligi targ‘ib qilindi.
Shu kuni 5 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, faoliyati qonuniylashtirildi.
Shuningdek, aholiga bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish, kadastr pasportini shakllantirish, elektron raqamli imzo kalitini olish, pensiya ma’lumotnomasi va boshqa xizmat turlari bo‘yicha aholiga 20 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan, Samarqand viloyatida tashkil etilgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat viloyat shtabi Pastdarg'om tumanidagi amaliy ishlarni o‘rganmoqda.
Shtab tomonidan tuman mahallalarida xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tizimning samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor berilmoqda.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattаrov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Kattaqo'rg'on tuman "Kattaming" MFY hududida mavjud nizoli oila vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida 6 ta nizoli oilaning oilaviy nizolarning oldini olish, oilani saqlab qolish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlash yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik normalari, oilaviy mas’uliyat hamda muammolarni qonuniy va murosali yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.