Yangiliklar
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan Kattaqo'rg'on tuman, Kattaqo'rg'on shahar va Samarqand tuman adliya bo'limlarida reja asosida o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlarda, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, binolar ahvoli, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar tahlil qilinmoqda.
O‘rganishlar davomida xodimlarning mehnat va ijro intizomi holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan tartib-intizomga qat’iy amal qilish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berilmoqda.
Bundan tashqari, xodimlarning soxa rivojiga oid ya'ni raqamlashtirish, onlayn xizmatlar, sun'iy intellekt masalalarida taklif va mulohazalari tinglanib, har bir ijobiy tashabbus qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Bugun Nurobod tuman adliya bo‘limi, tuman prokuraturasi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida "Ayollar daftari"ga kiritilgan 5-toifadagi huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarga huquqiy masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ularning murojaat va arizalari belgilangan tartibda qabul qilinib, ijroga yo‘naltirildi.
Bunday sayyor qabullar aholining huquqiy muammolarini o‘rganish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda huquqiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Shu jumladan "Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kitirish to'g'risida"gi O'RQ-1157-son Qonuni mazmun mohiyati tushuntirildi.
"E-huquqshunos" mobil ilovasi hamda qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman yuridik xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlarning E-huquqshunos tizimiga ma'sul xodimlari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi, xodimlarning mehnat huquqlari va majburiyatlari, mehnat munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida "Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kitirish to'g'risida"gi O'RQ-1157-son Qonuni mazmun mohiyati tushuntirildi.
Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!
So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu havolaning ustiga bosing!
Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan Paxtachi tuman "Chorgo'sha" mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ular tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, 6 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi, 8 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 17 nafar murojaatchining murojaatlari ijroga qaratildi.
Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek tadbir davomida "Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kitirish to'g'risida"gi O'RQ-1157-son Qonuni mazmun mohiyati tushuntirildi.
2026-yil 16-iyul kuni Qoʻshrabod tumanidagi "Aka-uka" o‘quv markazida Qoʻshrabod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar, iqtidorli yoshlar uchun ajratilayotgan ta’lim grantlari, yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarni bilim olishga, o‘z ustida muntazam ishlashga hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga chorlovchi targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shu jumladan tadbir davomida "Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kitirish to'g'risida"gi O'RQ-1157-son Qonuni mazmun mohiyati tushuntirildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, haydovchilik guvohnomasini chop etish uskunasidagi nosozlik bartaraf etilganligi sababli, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish va berish xizmati ko'rsatiladi.
Mazkur xizmatdan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar 2026-yil 20-iyul (dushanba) kunidan boshlab Samarqand shahar davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari mumkin.
Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi faoliyatini 2026-yil davomida takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan vazirlik konsepsiyasiga muvofiq, viloyat va tumanlarning aholi gavjum hududlarida yagona yondashuv asosida huquqiy eksperiment amalga oshirildi.
Huquqiy eksperiment o'tkazishdan maqsad aholining huquqiy ongini oshirish va turli xil firibgarliklardan ogoh qilish.
Samarqand viloyati Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni" doirasida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi S. Sattarovning Samarqand shahridagi 30 dan ortiq mahallalardan tashrif buyurgan 60 nafardan ortiq yoshlar bilan ochiq uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan samimiy muloqot olib borilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlarning huquqiy ongi va intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida uchrashuv doirasida “Zakovat” intellektual turniri ham tashkil etildi.
Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtgan musobaqa yakunida gʻolib jamoalar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim va salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hurmatli fuqarolar!
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Shodikulov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 23-iyul
Vaqti: 11:00
Manzil: Bulung'ur tumani, “Kildon” MFY
Mo‘ljal: “Kildon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi
Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55