Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
Nurobod tuman adliya bo'limi tomonidan qaror ijrosi ta'minlanmoqda

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Nurobod tumanida bo'ldi.

Dastlab:
▪️PQ–1-sonli qaror bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlarga e'tibor qaratildi;
▪️Tuman adliya bo'limida bo'lib, bo'lim faoliyati bilan tanishdi;
▪️Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlarining ish faoliyati o'rganilib, muammo va takliflari eshitildi;
▪️Davlat xizmatlari markazi hamda FXDY faoliyati tahlil qilindi.
▪️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda fuqarolarga qulayliklar yaratilishi lozimligi to'g'risida ko'rsatmalar berildi.

25
XOTIN-QIZLAR HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISHDAGI NAVBATDAGI TADBIR

SamDVMCHBUda  talaba-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha pedagog va xodimlarning huquqiy, psixologik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan mutaxassislar ishtirokida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi B.Isakov, Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi inspektorlari D.Sh.Nurvafayeva va F.Sh.Axatova, shuningdek, universitet profilaktika noziri A.X.Tojiyev ishtirok etib, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari, ta’lim tizimining roli va ijtimoiy mas’uliyat haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tadbirda tarqatilgan materiallar ishtirokchilarga katta ta’sir o‘tkazdi va hammani xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning ahamiyatiga yana bir bor e’tibor qaratishga undadi. 

“Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari: ta’lim tizimi va professor-o‘qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy missiyasi hamda ijtimoiy o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati barcha ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

25
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Kattaqo'rg'on shahar adliya bo'limida sohadagi muammolar va takliflarni o'rgandi.

Ma’lumki, bugungi kunda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati, tezkorligi, shaffofligi va ularni qo‘llash imkoniyatlari tubdan oshirilmoqda. 

Boshqarma boshlig'i S.Sattarov tadbirkorlik subyektlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha xizmat ko‘rsatish markazida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Jarayonda tuman FHDY bo'limi faoliyati, elektron tizimdagi qulaylik va kamchiliklar shuningdek, xizmatlardan foydalanayotgan aholining kayfiyati  hamda davlat xizmatlari va aholiga sifatli yuridik xizmat ko'rsatishni yanada yaxshilash borasidagi takliflar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash, mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish masalalari bo‘yicha ham  tushuntirishlar berildi.

24
Onlayn firibgarlik — zamonaviy tahdid va huquqiy ogohlik zarurati

Ijtimoiy hayot insonlar o‘rtasidagi ishonch va hurmatga tayangan munosabatlar maydoni bo‘lsa-da, bugungi raqamli davrda ayrim kimsalar aynan shu ishonchdan onlayn makonda g‘arazli maqsadlarda foydalanmoqda — soxta havolalar, yolg‘on va’dalar, qalbaki akkauntlar va turli kiberusullar orqali fuqarolarning soddaligi va ishonuvchanligini suiiste’mol qilayotgan bunday shaxslar jamiyatda onlayn firibgarlar sifatida tanilib, ogohlik va huquqiy bilimni har qachongidan ham muhim zaruratga aylantirmoqda.

Viloyat аdliya boshqarmasi tashabbusi bilan boshqarma huzuridagi “Adliya qanotlari” jamoasi hamda viloyat IIB hamkorligida Samarqand avtoshohbekati hududida firibgarlik jinoyatlari, ayniqsa kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan navbatdagi manzilli profilaktik huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarga zamonaviy axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlarining xavfi, ularning oqibatlari hamda himoyalanish usullari haqida batafsil tushuntirishlar berildi va  mavzu yuzasidan tayyorlangan buklet,  flayerlar tarqatildi.

24
Urgut tuman adliya bo'limi tomonidan qaror ijrosi ta'minlanmoqda

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i  S.Sattarov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Urgut tumanida bo'ldi.

Dastlab:
▪️PQ–1-sonli qaror bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlarga e'tibor qaratildi;
▪️Biriktirilgan "Mustaqillik" MFYda bo'lib, nizoli oilalarning muammolari o'rganildi hamda mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi;
▪️Tuman adliya bo'limida bo'lib, bo'lim faoliyati bilan tanishdi;
▪️Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlarining ish faoliyati o'rganilib, muammo va takliflari eshitildi;
▪️Davlat xizmatlari markazi hamda FXDY faoliyati tahlil qilindi.
▪️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda fuqarolarga qulayliklar yaratilishi lozimligi to'g'risida ko'rsatmalar berildi.

24
Омбудсман ва давлат ташкилотлари ҳамкорлиги

Самарқандда “Ҳуқуқий маданиятни юксалтиришда Омбудсман ва давлат ташкилотларининг ҳамкорлиги” мавзусида давра суҳбати ўтказилди. Унда вилоят адлия бошқармаси Ҳуқуқий ахборот шўъбаси бошлиғи А.Куйланов маъруза қилди.

23
Коррупцияга қарши кураш кучайтирилди: давлат хизматчилари учун семинар ўтказилди

Ўзбекистонда коррупцияга қарши кураш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бири ҳисобланади. Мамлакатда коррупциянинг олдини олиш, давлат органлари фаолияти шаффофлигини ошириш ҳамда ҳисобдорлик тизимини ривожлантиришга қаратилган ислоҳотлар амалга оширилмоқда. 

Вилоят ҳокимлигида ташкил этилган “Давлат фуқаролик хизматида бошқарув самарадорлигини ошириш, ҳокимликларда коррупцияга қарши самарали курашиш” мавзусидаги семинар ҳам айнан шу ҳақда бўлиб ўтди.

Ушбу семинар Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Бошқарув самарадорлиги агентлиги ҳамда вилоят адлия бошқармаси билан ҳамкорликда ташкил этилди. Унда вилоят ҳокимлиги раҳбар ва ходимлари, шунингдек, туман (шаҳар) ҳоким ва ўринбосарлари, ҳокимликнинг аппарат ходимлари, бошқарма ва ташкилотлар раҳбарлари иштирок этди. 

Семинар иштирокчиларига давлат хизматчиларининг одоб-ахлоқ қоидалари, профессионал хизмат этикаси талаблари, жамоатчилик ва ОАВ билан ҳамкорлик масалалари тушунтирилди, шунингдек, белгиланган меъёрларни бузганлик учун жавобгарлик ҳақида эслатиб ўтилди. 

Семинарнинг алоҳида қисми давлат фуқаролик хизматчилари ўртасида манфаатлар тўқнашуви ва одоб-аҳлоқ меъёрларига риоя қилиш масаласига бағишланди. Иштирокчиларга давлат бошқаруви тизимида манфаатлар тўқнашувини тартибга солиш механизмлари ва асосий тушунчалари тўғрисида маълумот берилди.

23
Qonuniy faoliyat – barqaror daromad va ishonchli kelajak garovidir

Tadbir davomida bozorda faoliyat yuritayotgan, biroq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ishlayotgan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Ularga tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda yuritishning ahamiyati, yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari hamda rasmiy faoliyatning ustun jihatlari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek;
Soliq tizimidagi mavjud imtiyozlar,
Davlat tomonidan yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar,
Rasmiy ro‘yxatdan o‘tish tartiblari haqida aniq va amaliy ma’lumotlar berildi.

Eng muhimi, tadbir jarayonida 5 nafar  fuqarolar tadbirkor sifatida  joyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, ularga tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda boshlash va davom ettirish uchun zarur maslahat hamda ko‘maklar ko‘rsatildi.

23
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” — ogohlikka chorlovchi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

“Adolat” SDP Samarqand viloyati Kengashi, viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” nomli aksiya doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida firibgarlikning eng ko‘p uchrayotgan turlari, internet va telefon orqali sodir etilayotgan onlayn firibgarlik , shuningdek, ularning oldini olish choralariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Talabalarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali taklif va havolalarga ishonmaslik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘z vaqtida murojaat qilish muhimligi tushuntirildi.

Unutmang, siz bilgan muhim ma’lumotni o‘nlab, yuzlab tanishlaringizga yetkazsangiz, ularni ham moddiy va ma’naviy zarardan asragan bo‘lasiz.

23
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev tomonidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasida DXM va FHDY faoliyati samaradorligi tahlil qilindi.

Vazir o‘rinbosari  N.Muhammadiyev  tomonidan  tuman (shahar) adliya bo‘limlari ishtirokida ZOOM orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda tizimdagi muammolar  DXM va FHDY faoliyatida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifat jihatidan yanada yaxshilash, o‘z ustida ishlash, bilim va malakalarini oshirish zarurligi ta'kidlanib, sohadagi kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. 
Yig‘ilishda qonun ijrosini samarali tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan  soha xodimlari  ogohlantirilib, qonun ijrosini tashkil etishda mas'uliyat bilan yondashish tushuntirildi.
Shuningdek, yig‘ilishda   DXM, FHDY organlari faoliyatida yanada samaradorlikka erishish borasidagi taklif va fikr-mulohazalar bildirildi va  aniqlangan xato va kamchiliklar, mavjud muammolarni  bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.