Yangiliklar
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan Jomboy, Oqdaryo, Payariq va Ishtixon tuman adliya bo'limlarida reja asosida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
O‘rganishlarda, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, binolar ahvoli, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar tahlil qilinmoqda.
O‘rganishlar davomida xodimlarning mehnat va ijro intizomi holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan tartib-intizomga qat’iy amal qilish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berilmoqda.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, kiyinish va muomala madaniyati, fuqarolar bilan ishlashda zarur bo‘lgan psixologik yondashuvlar alohida tahlil qilinmoqda.
Bundan tashqari, xodimlarning soxa rivojiga oid ya'ni raqamlashtirish, onlayn xizmatlar, sun'iy intellekt masalalarida taklif va mulohazalari tinglanib, har bir ijobiy tashabbus qo‘llab-quvvatlanmoqda.
O’rganishlar tizimli tarzda davom ettirilmoqda.
Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimi takomillashtiriladi.
Batafsil infografikada
"Inson va qonun" gazetasining 2026-yil 30-iyundagi navbatdagi sonida viloyat adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i A.Jovliyevning "O‘qituvchining muammosi sud orqali hal bo‘ldi" nomli tahliliy maqolasi chop etildi.
Mazkur maqolada o‘qituvchining buzilgan huquqlarini sud orqali tiklash jarayoni, qonunchilikning amaliy qo‘llanilishi hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda adliyaning o‘rni atroflicha tahlil qilingan.
Narpay tuman adliya bo‘limi boshlig‘i J. Qilichev tomonidan Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘quv markazida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaat va muammolari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlarga huquqiy bilim va tushunchalar berilib, ularning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Kamilov Nodir Abdukahorovich – Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan boshqarmaning Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
N.Kamilov tayinlovga qadar Samarqand shahar adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi jamoasi N.Kamilovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Samarqand tumanining "Konigil" MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Adliya vazirligi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi masʼul xodimlari, Samarqand tuman adliya boʻlimi vakillari hamda mahalla yettiligi aʼzolari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyatini zamonaviy talablar asosida samarali tashkil etish, ularning vakolatlari va masʼuliyatini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, fuqarolar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oilada qonuniylik va huquqiy madaniyatni mustahkamlash, yoshlar hamda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish masalalari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i O‘.Hakimov tomonidan hamkor tashkilotlar bilan tumanning “Kattaming” MFY hududida “Ayollar daftari”ning 5-toifasiga kiritilgan fuqarolar va nizoli oilalar holati o‘rganildi.
Bulung‘ur tuman adliya bo'limi FHDY tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda unutilmas lahzalarni yanada mazmunli tashkil etish maqsadida nikoh va tug‘ilganlikni tantanali qayd etish marosimlari muntazam yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, joriy yilning 29-iyun kunida:
3 ta nikoh tantanali ravishda qayd etildi;
4 ta tug‘ilganlik tantanali ro‘yxatga olindi.
Marosimlar davomida fuqarolarga keytring xizmati ham ko‘rsatilib, quvonchli onlar yanada fayzli va unutilmas tarzda tashkil etildi.
Shuningdek, Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasida FHDY bo‘limi mas'ullari tomonidan "Adliya Plus" ilovasi orqali onlayn hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan tibbiyot xodimlariga amaliy tushuntirishlar berilmoqda.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Kurbanov Qo‘shrabot tumanining "Pichot" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori doirasida nizoli oilalarning huquqiy muammolariga oid ishlar tahlil qilindi, mas'ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.
Fuqarolarga tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat dasturlari, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kredit, subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda 20 dan ortiq fuqaro qatnashdi. 9 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi, 1 ta muammo joyida hal qilindi. 7 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan Samarqand shahar "Obod maskan" mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida Samarqand shahrida "Ayollar daftari”ning 5-toifasi — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar ishtirokida seminar tashkil etildi..
Qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ular tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, 5 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, 30 ga yaqin murojaat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.