Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

06
JOMBOY TUMANIDA NIKOH SHARTNOMASI TUZILDI

Jomboy tuman FHDY bo‘limi tomonidan fuqaro  V.Sheraliev  va  M.Toshbekovalarning nikohi qonuniy tarzda qayd etildi.

Tadbir davomida yosh oilaga "Nikoh shartnomasi"ning ahamiyati va oila mustahkamligidagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Fuqarolar o‘zaro hurmat, ishonch va mas’uliyat asosida "Nikoh shartnomasi"ni tuzishga qaror qildilar.

Nikoh shartnomasi -oila munosabatlarini tartibga solishda va huquqiy bilimlarni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu, oila ichidagi muvozanatni saqlash, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

05
Adliya huquqiy tadbir

Odatda ish beruvchilar soliqlardan qochish maqsadida ishchilarni rasman roʼyxatdan oʼtkazmaydi va norasmiy (“konvert”da) maosh toʼlaydi. 

Bu birqarashda oddiy va qulaydek. Аmmo “konvert"dagi maosh ishchilarning huquqlarini cheklaydi va ularni koʼplab imtiyozlardan mahrum qiladi. 

Bulung'ur tumani adliya bo‘limi tomonidan 100 nafardan ortiq ishchi xodimlarga ega bo`lgan  "The place of dreams"MCHJ hamda “Metin fruits group” MCHJlarida  yashirin iqtisodiyot va “Konvert” shaklida ishhaqi berish hamda uning oqibatlari togʼrisidagi  ma'lumotlar targʻibot tadbirlari orqali yetkazildi va tushuntirishlar berildi.

04
PAYARIQ TUMANIDA HUQUQIY MASLAHAT BURCHAGI – YORDAMDA

      Tuman adliya bo'limi tomonidan tashkil etilgan "Huquqiy maslahat burchagi" loyihasi doirasida fuqarolarni qabul qilisnmoqda.
      Fuqarolar o'zlarini qiynab kelayotgan huquqiy masalalar bo'yicha birlamchi yuridik maslahatlar olishmoqda.
      Jarayonda oila , mulk, mehnat va boshqa huquqiy muammolar bo'yicha maslahatlar taqdim etilmoqda.
⚖️ Huquqiy maslahat burchagi fuqarolarni huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash va ularga zarur yordamni taqdim etishda davom etadi.
      Siz ham huquqiy yordam olish uchun murojaat qilishingiz mumkin!

28
Samarqanda Mulk huquqi jarayon

Joriy yil 28-oktyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining  o‘n to'qqizinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga ko‘ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi  jami 744 nafar fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

   Jumladan:
▪️Bulung'ur tumanida 38 nafar; 
▪️Ishtixon tumanida 12 nafar;
▪️Jomboy tumanida 57  nafar; 
▪️Kattaqo'rg'on shahrida 2 nafar; 
▪️Kattaqo'rg'on tumanida 93 nafar; 
▪️Narpay tumanida 80 nafar;
▪️Nurobod tumanida 53 nafar; 
▪️Oqdaryo tumani 90 nafar; 
▪️Pastdarg'om tumanida 167 nafar; 
▪️Paxtachi tumanida 79 nafar;
▪️Payariq tumanida 15 nafar;
▪️Qo'shrabot tumanida 13 nafar;
▪️Samarqand tumanida 13 nafar; 
▪️Toyloq tumanida 18nafar;
▪️Samarqand tumanida 12 nafar; 
▪️Urgut tumanida 2 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqi ega bo'ldi.

  Kanalga ulanishhttps://t.me/qonun_va_huquq

17
XAYRIYA QUTILARI ENDI QONUN ASOSIDA TARTIBGA SOLINADI

2025-yil 21-avgust kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining   O‘RQ-1083-sonli Qonuni orqali “Homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunga muhim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. 

Mazkur o‘zgarishlar mohiyatini tushuntirish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand Do'stlik uyida seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat IIB, viloyat sudi, NNT milliy assotsiatsiyasining hududiy boʻlimi va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda adliya boshqarmasi mas'ul xodimi  N. Fayziyeva  tomonidan yangi qonun talablari, ayniqsa, xayriya qutilari orqali mablag‘ yig‘ish tartibi va buning uchun belgilangan javobgarlik choralari tushuntirib berildi.

Eng e’tiborlisi — endilikda xayriya qutilari qonunchilik asosida tartibga solinmoqda.

30
Қонунчиликка кўра, давлат хизматчиларининг хорижий ва ички хизмат сафарларини ташкил этиш

✅ Қонунчиликка кўра, давлат хизматчиларининг хорижий ва ички хизмат сафарларини ташкил этиш, ҳисобини юритиш ва таҳлилини олиб бориш “hrm.argos.uz” электрон тизими таркибидаги “Xizmat safari” ягона модули орқали амалга оширилади. (https://t.me/huquqiyaxborot/18166)

Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot 

22
Respublika ishchi guruhi Samarqandda

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.

Unda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Komissiya a’zolari hududiy mas’ullar bilan uchrashib, yoshlarning bandligi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar berdi. Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangi choralar belgilab olindi.