Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni ijrosi doirasida Qo‘shrabot tumanida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash, uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda aholi o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish maqsadida Qo‘shrabot tumanidagi Zarkent mahallasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari S.Maxmudova, tuman FHDYO bo‘limi rahbari G.Yarqulova, IIB mas’ullari, tegishli tashkilot va muassasalar vakillari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Prezident farmonining asosiy yo‘nalishlari, unda belgilangan vazifalar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi
Samarqand shahridagi 4-FHDY bo‘limi tashabbusi bilan oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilindi.
Yig‘ilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida erta nikohlarning oldini olish, nikohni qonuniy rasmiylashtirmasdan turmush qurish holatlariga barham berish, ajrim yoqasidagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash va yarashtirish, shuningdek, to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni kamxarj va ixcham tarzda o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, unda belgilangan ustuvor vazifalarni joylarda tizimli amalga oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq, haftaning ma’lum kuni “Oila kuni” etib belgilandi. Mazkur kunda mutasaddilar hududlardagi FHDYO bo‘limlarida aholi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish va muammolariga amaliy yechim topish choralarini ko‘radi.
Yig‘ilish yakunida barcha mutasaddilarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Aziza KABILDJANOVA,
Samarqand shahridagi 4-FHDY bo‘limi
Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy shaffoflikni oshirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda transport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblar faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur tartibga ko‘ra, endilikda bitimlar notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali rasmiylashtiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, mablag‘larning qonuniy aylanishini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz tizim yaratishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan Toyloq tumani adliya bo’limi tomonidan hududlarda ushbu tizimning amaliy ijrosi o‘rganilmoqda. Xususan, tumanda faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda bank filiali xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganishlar davomida avtomobil oldi-sotdi jarayonlari amalga oshirilayotgan MChJ hududida yaratilgan shart-sharoitlar, elektron tizimlarning ishlashi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilar tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Odiljon YOQUBOV,
Toyloq tumani adliya bo’limi bosh mutaxassisi
Ajrim arafasiga kelib qolgan, sudlarda nizolashayetgan oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha hamkorlik dasturiga muvofiq Urgut tumani 1-FHDY bo’limi mutaxassislari ishtirokida tumandagi hamkor tashkilotlar, mahalla raislari, “Nuroniylar kengashi”, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, diniy idoralar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ajrimlarning oldini olish, ajrimlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan dolzarb vazifalarga alohida urg‘u berildi.
Tadbir davomida nizoli oilalarning vakillari bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ular o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirishga, aksariyat qismini yarashtirishga erishildi.
Mazkur sohada samaradorlikni yanada oshirish maqsadida “Oila — mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida namunaviy seminar o‘tkazildi.
Unda mutaxassislar, yosh kelin-kuyovlarning maxsus kurslarini tamomlagan yoshlar va o‘quv-kursini boshlaydigan juftliklar ishtirok etdi.
Seminar davomida nikohlanuvchi yoshlarga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik hamda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalarida ko‘plab tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida oila munosabatlariga doir kitoblar taqdim etilib, soha vakillari kelgusidagi rejalarni belgilab olishdi.
Nargiza EGAMOVA,
Urgut tumani 1-FHDY bo’limi mudiri
Samarqand shahar adliya bo'limi 2-son FHDY inspektori D.Kuchkarova tomonidan Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti talabalari uchun huquqiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar bilan quyidagi muhim masalalar huquqiy muhokama qilindi:
Nikoh va nikoh shartnomalari — oilaviy hayotning qonuniy asoslari, er va xotin huquqlari va majburiyatlari.
Erta tug‘ruqning oldini olish — sog‘lom hayot, rejalashtirilgan oila va yoshlar salomatligi masalalari.
Ajrimlarni kamaytirish — oilaviy nizolarni hal qilish, mas’uliyatli munosabatlarni rivojlantirish va oilaviy barqarorlikni ta’minlash.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar oldi.
“Yoshlar kuni” doirasida boshqarmada tashkil etilgan tadbirda dastlab xodim bo‘lmagan yoshlar uchun tashkilotda interaktiv ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar boshqarma faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.Tadbir davomida Lex.uz platformasidan samarali foydalanish, normativ-huquqiy hujjatlarni izlash va amaliyotda qo‘llash tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, my.gov portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanish, ariza topshirish, elektron xizmatlardan tez va qulay foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Xabaringiz bor, PQ-1-son qarorga asosan nizoli oilalar salmog‘i eng yuqori bo‘lgan mahallalar viloyat adliya boshqarmalari rahbarlariga biriktirildi.
Ma’lumot uchun:Viloyatdagi 16 tuman va shahardagi 177 ta nizoli oila ro‘yxatga olingan va adliya mas’ul rahbarlari diqqat markazida. Shuningdek, fuqarolik sudlarida nizolashayotgan oilalar ro‘yxati olingan bo‘lib, umumiy hisobda 3220 ta oila tumanlar kesimida shakllantirilgan.
Mazkur ro‘yxat asosida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va nizolarni oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattarov boshchiligida jamoatchilik vakillari bilan targibot tadbiri tashkil etildi.
Ayni damda adliya boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida qo‘shma qaror qabul qilinishi arafasida.
Nurobod tumani adliya bo‘limiga fuqaro A. R mehnat shartnomasi shtat qisqarishi sabab bekor qilinganiga qaramay, unga tegishli to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi yuzasidan murojaat qildi.
O‘rganish natijasida qonunbuzarlik aniqlanib, tegishli taqdimnoma kiritildi. Natijada fuqaro A. Rga 619 916 so‘m miqdoridagi ishdan bo‘shash nafaqasi hamda 2 802 765 so‘m miqdoridagi foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya pullari to‘liq to‘lab berildi.
Shuningdek, to‘lovlarni kechiktirgan mas’ul xodimga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan vakolatli organga taklif kiritildi.
Samarqand shahrida yashovchi fuqaro R.A. soliq imtiyozini qo‘llash yuzasidan murojaat qilgan bo‘lib, ushbu murojaat shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro shahar hokimining qaroriga muvofiq davlat tomonidan ajratilgan uy-joyda yashab kelgan bo‘lsa-da, unga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozi tatbiq etilmagan.Amaldagi Soliq kodeksining 421-moddasi 5-bandiga ko‘ra, yetim bolalar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslarga davlat uy-joylari bo‘yicha 23 yoshga to‘lguniga qadar soliq imtiyozlari berilishi nazarda tutilgan.
Samarqand shahar adliya bo‘limining aralashuvi va taqdimnoma ta'sir chorasi natijasida fuqaroning qonuniy huquqi tiklandi, soliq imtiyozi qonunchilikka muvofiq qo‘llanildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–154-son Farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik darajasi “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.
2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi baholash natijalari Adliya vazirligida faoliyatining ochiqligi, shaffoflik va jamoatchilik oldida hisobdorlik yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganini yana bir bor tasdiqladi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Adliya vazirligi eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan yetakchi davlat organlari qatoridan munosib o‘rin egalladi.