Yangiliklar
Jomboy tuman sport maktabi xodimlarining mehnat huquqlari tiklandi.
Jomboy tuman adliya bo‘limiga sport maktabining 6 nafar xodimi ish haqlari to‘liq to‘lanmaganligi yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatlar o‘rganilib, xodimlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizalari kiritildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining hal qiluv qarorlariga asosan, xodimlar foydasiga:
22 175 640 so‘m ish haqi;
42 120 000 so‘m kompensatsiya va moddiy yordam pullari
undirilishi ta’minlandi.
Adliya aralashuvi natijasida 6 nafar xodimning mehnat huquqlari tiklandi.
Qonunchilikka ko'ra, odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish:
3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.
O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tartibi qanday? Batafsil infografikada
Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman yuridik xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlarning E-huquqshunos tizimiga ma'sul xodimlari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi, xodimlarning mehnat huquqlari va majburiyatlari, mehnat munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida "Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kitirish to'g'risida"gi O'RQ-1157-son Qonuni mazmun mohiyati tushuntirildi.
Samarqand tumani аdliya bo‘limi tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi qabriston nazoratchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Hurmatli fuqarolar!
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Sh.Abduxalimov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 28-iyul
Vaqti: 10:00
Manzil: Oqdaryo tumani, “Mustaqillik” MFY
Mo‘ljal: Tuman Xalq qabulxonasi binosi
Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O. Shodikulov hamda tuman hokimi hamkorligida Bulung'ur tumani "Kildon" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Dastlab 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror doirasida nizoli oilalarning huquqiy muammolariga oid ishlar tahlil qilindi, mas'ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.
Sayyor qabulda 50 dan ortiq fuqarolar qatnashdi. Adliya organlari faoliyatiga oid 10 ta murojaat bo‘yicha tushuntirishlar berildi, 3 ta muammo joyida hal qilindi. 7 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Shundan so'ng fuqarolarga onlayn firibgarlik, kiberjinoyatlar, yashirin iqtisodiyot, korrupsiya kabi jinoyatlarga qarshi kurashishda barchaning birdek mas'ul ekanligi tushuntirldi. Shu jumladan "Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kitirish to'g'risida"gi O'RQ-1157-son Qonuni mazmun mohiyati tushuntirildi.
"Yoshlar kuni" doirasida Samarqand shahridagi yoshlar kreativ bog'ida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov ishtirokida shu yerda tashkil etilgan o'quv markazida tahsil olayotgan 50 nafardan ziyod yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning huquq va manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir doirasida "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida mashxur tadbirkor Maxmudov Akbar Gofurjonivich ham ishtirok etib, o'zining hayotiy tajribasi, erishgan yutuqlari hamda duch kelgan qiyinchiliklari yuzasidan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Qizg‘in o'tgan uchrashuv yakunida faol qatnashgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda davlat organlari bilan ochiq va samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Dastlab 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror ijrosi yuzasidan adliya bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgaan ishlar tahlil qilinib, mas'ullariga hamda mahalla yettiligiga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, 2026-yilning 10-iyul kuni qabul qilingan “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1149-son) to‘g‘risida yig'ilganlarga batafsil tushuntirildi.
Sayyor qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Shundan 10 nafar fuqarolarning turli masaladagi murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 2 ta muammo joyida hal etildi. 12 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda bo'ldi.Shu jumladan "Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kitirish to'g'risida"gi O'RQ-1157-son Qonuni mazmun mohiyati tushuntirildi.
Dastlab:
Paxtachi tumanidan biriktirilgan "Dung" mahallasida PQ–1-sonli qaror bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlarga e'tibor qaratildi;
Shundan so'ng:
Kattaqo'rg'on shahridagi biriktirilgan "Amir Temur" MFYda bo'lib, mahalla yettiligi a'zolari bilan qaror ijrosini ikkinchi yarim yillikda tashkil qilish bo'yicha tushuntirishlar berildi.
adbirlar davomida nizoli oilalar bilan ishlashda mediator ko'magidan foydalanish muhim ekanligiga alohida to'xtalib o'tildi.