Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

2025-yil yakunlari bo'yicha matbuot anjumani bo'lib o'tdi

OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bo'lib o'tgan tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o’rinbosari O.Shodikulov tomonidan o'tgan yilda adliya faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar batafsil yoritildi.

 2025-yilda erishilgan yutuqlar va ularni bu yilda yanada takomillashtirish, faoliyatning asl maqsadi bo'lgan inson huquqlarini ta'minlash, uning qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, fuqarolarning erkinliklari kafolatlangan  yurtimizda ozod yashashlari uchun sharoit yaratish yo'lida xizmat qilish soha xodimlari uchun muqaddas burch ekanligi  alohida ta'kidlandi.

Savol-javob va erkin suhbat tarzida davom etgan uchrashuvda ko'plab takliflar o'rtaga tashlandi.