Yangiliklar
OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bo'lib o'tgan tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o’rinbosari O.Shodikulov tomonidan o'tgan yilda adliya faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar batafsil yoritildi.
2025-yilda erishilgan yutuqlar va ularni bu yilda yanada takomillashtirish, faoliyatning asl maqsadi bo'lgan inson huquqlarini ta'minlash, uning qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, fuqarolarning erkinliklari kafolatlangan yurtimizda ozod yashashlari uchun sharoit yaratish yo'lida xizmat qilish soha xodimlari uchun muqaddas burch ekanligi alohida ta'kidlandi.
Savol-javob va erkin suhbat tarzida davom etgan uchrashuvda ko'plab takliflar o'rtaga tashlandi.
Bugun Yoshlar markazi binosida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligining fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillariga tabrik so‘zida shunday ta’kidlandi.
Tadbir davomida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, NNTlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalarning samaradorligini oshirish, shuningdek davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Yakunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ushbu yo‘nalishdagi kelgusi tashkiliy-amaliy ishlar uchun muhim omil sifatida qayd etildi.